Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni avf etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

06.12.2017, 19:33

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni avf etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni avf etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2 ming 700 nafar sudlanganlarni avf etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzolandi. 

Avf etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi. 

Bu haqdagi material bilan kengroq tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2022
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+