Shavkat Mirziyoyev — Osiyoning yil odami

21.12.2018, 10:11

Shavkat Mirziyoyev — Osiyoning yil odami

Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “2018 yil odami” deb eʼlon qildi.

Mamlakatimiz rahbari siyosiy yoʻnalish boʻyicha gʻolib, deb eʼtirof etildi.

Assotsiatsiya vakillari taʼkidlaganidek, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabrda Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini taʼminlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan, siyosiy mahbuslarni ozod etishda yuksak natija koʻrsatib kelyapti.

“The Korea Times” xabariga koʻra, Oʻzbekiston rahbari qoʻshni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan holda, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qoʻshmoqda.

Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha “LG Group” faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol boʻyicha Vyetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan So qayd etildi.

Gʻoliblar nomlari maxsus hakamlar tomonidan mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya aʼzolari tavsiyalari hamda baholaridan soʻng aniqlandi. Xabar berilishicha, taqdirlash marosimi 2019 yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

  • Ko'rildi
    1709
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Otabek2018-12-21 17:34:05

Бизнинг Президеетимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев бунданда юксак бахоларга, мактовларга вам бунданда юксак медалларга муносиблар, ишларига Хар домом ривож, мамлакатимизни бунданда Гузал килишга ва дунё етакчи давлатлардан бирига айланишимизга харакатлари идобат булсин. Бизнинг бундандай Президеетимиз борлигидан фахирланамиз! Бизнинг ёшлар бунданда сайи харакатлари сари олга босамиз. Табриклайман мухтарам Президеетимиз Шавкат Миромонович.


Fikringizni qoldiring

+