“Sh.Mirziyoyev o‘z va’dalarini bajarishga sodiq ekanligini namoyon etdi”

04.01.2018, 17:52

“Sh.Mirziyoyev o‘z va’dalarini bajarishga sodiq ekanligini namoyon etdi”

Buyuk Britaniyada chop etiladigan “fDi Magazine” jurnali sahifasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqdi. Ushbu nashr bosh muharriri o‘rinbosari Yakopo Dettoni qalamiga mansub mazkur maqolada O‘zbekiston valyuta bozorining liberallashuvi siyosati tahlil etilgan.

Muallifning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “mamlakatga xorijlik sarmoyadorlarni qaytarish bo‘yicha tutgan yangi monetar yo‘l doirasida qisqa muddatli xavf-xatarlarga duch kelmoqda”.

O‘zbekiston davlati rahbari, deb yozadi tahlilchi, xorijiy sarmoyalar uchun eng asosiy to‘siqlardan birini bartaraf etish maqsadida ko‘p yillik kuchli valyuta nazoratidan voz kechdi.

O‘zbekiston valyuta rejimi o‘tgan yillar davomida xalqaro yakkalanish evaziga bo‘lsa-da milliy sanoatni ilgari surish maqsadida tuzilgan kuchli moliyaviy nazorat tizimining markaziy qismi edi. Biroq so‘nggi yillar davomida o‘zbek so‘mining rasmiy kursi bilan “qora bozor” bahosi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada o‘sib ketganidan so‘ng bu tizim borgan sari samarasiz bo‘lib qoldi, deb yozadi britaniyalik ekspert.

2017 yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev valyuta almashuvi liberallashtirilishini e’lon qilgani holda bu tajribaga barham berdi. Ya.Dettonining xabar berishicha, bu bir kechada so‘mning qiymati keskin tushib ketishiga olib keldi. Shu bilan birga, xorijlik kuzatuvchilar ayrim ehtiyotkorliklar bilan bo‘lsa-da, bu liberallashuvni e’tirof etdilar.

“Control Risks” konsalting firmasining Rossiya Federatsiyasi va MDH bo‘yicha yetakchi hamkori Tim Stenlining bayon etishicha, mazkur chora “muayyan bosqichda to‘rt xil almashuv kursi amal qilgan (Markaziy bank, pul ayirboshlash shoxobchasi, birja va “qora bozor” baholari) bu tizimga xos bo‘lgan yo‘lni sarmoyadorlar uchun ko‘pgina firibgarlik va korruptsiya xatarlaridan tozalaydi. Bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi zarur chora edi, biroq valyuta siyosatini yanada liberallashtirish uchun yana ko‘pgina ishlarni amalga oshirish kerak”.

Maqolada alohida ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish bo‘yicha o‘z va’dalarini bajarishga sodiq ekanligini namoyon etdi. O‘zbekiston Prezidenti “paxta dalalarida majburiy mehnatga barham berdi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki singari xalqaro institutlar bilan o‘zaro munosabatlarni qayta tikladi, shu bilan birga, tarqalib ketgan korruptsiyaga qarshi kurashish asnosida ma’muriy tizimni isloh etishga va’da berdi”.

“fDi Magazine” jurnali “Moody’s” xalqaro reyting agentligining 2017 yil 11 sentyabrdagi ma’ruzasiga murojaat etar ekan, so‘mning qadr-qimmatiga bo‘lgan ishonchli tiklash maqsadlaridagi pul-kredit va fiskal siyosatni samarali amalga oshirish, pul qadrsizlanishini tutib turish va iqtisodiyotni mustahkamlash favqulodda murakkab kechadi, degan fikrlarni o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilgan.

“Janob Mirziyoyev ortga chekinmadi, xavf-xatarlarga peshvoz chiqdi”, deya xulosa qiladi britaniyalik tahlilchi.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+