Shavkat Mirziyoyev zamonaviy dunyoni o’zgartirayotgan o’n nafar yetakchi ro’yxatida

05.01.2018, 11:50

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy dunyoni o’zgartirayotgan o’n nafar yetakchi ro’yxatida

Muntazam ravishda xabar qilinayotganidek, dunyo jamoatchiligi O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida  ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatimizda kechayotgan hozirgi o’zgarishlar, xorijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda.

Jumladan, Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri - “Derin Ekonomi” jurnalining sharhlovchilari O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o’z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o’zgarishiga sezilarli ta'sir ko’rsatishga qodir bo’lgan jahonning birinchi o’n nafar yetakchisi ro’yxatiga kiritdilar. 

“Derin Ekonomi” jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr - “Yeni Şafak” gazetasi tomonidan ham ko’chirib bosildi. 

Mazkur ro’yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o’z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o’zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta'sir ko’rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining  “nyusmeykeri”, ya'ni ularning diqqat-e'tibori ob'yekti bo’lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Sh.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, “har yerda hoziru nozir” bo’lgan huquq-tartibоt idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

Ta'kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O’zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo’naltirilgan o’ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo’lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e'tiborga munosib  qadamlaridan biri bo’ldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o’n mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo’lmagan, biroq 2018 yili ular “har bir kishiga o’zlarini tanitishadi”.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    2053
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+