Parlament so‘roviga, senator yoki deputat so‘roviga javob bermadingizmi – EKIHning 7 baravarigacha jarima

08.01.2018, 15:52

Parlament so‘roviga, senator yoki deputat so‘roviga javob bermadingizmi – EKIHning 7 baravarigacha jarima

3.01.2018 yildagi O‘RQ-456-son Qonun bilan parlament so‘rovini, senator yoki deputat so‘rovini ko‘rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.

Buning uchun MJtKning 193-moddasiga qo‘shimcha kiritildi. Mansabdor shaxslarning parlament so‘rovini, senator yoki deputat so‘rovini ko‘rib chiqishdagi quyidagi g‘ayriqonuniy harakatlariga nisbatan jarima solinadi:

  • so‘rovni ko‘rib chiqmasdan qoldirish;
  • so‘rovni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
  • so‘rov yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish.

Buning uchun mansabdor shaxslar EKIHning 3 dan 7 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.

Ma’lumot uchun:

Parlament so‘rovi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rovi yuboriladigan so‘rov (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarning 12-moddalari).

Senator so‘rovi – qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 31-1-moddasiga qarang).

Deputat so‘rovi - qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-1-moddasigaqarang).

So‘rovlarni ko‘rib chiqish muddati - agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, 10 kun.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1458
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+