O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlardan biri

12.01.2018, 17:25

O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlardan biri

AQSh davlat departamenti tomonidan amerikalik sayyohlar uchun yangilangan turistik tavsiyalar e’lon qilindi. Bu fuqarolarga safarlarning xatarlilik darajasini aniqlab olishda qo‘l keladi.

Mazkur ro‘yxatdagi davlatlar xavfsizlik tizimi bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhdan oddiy ehtiyot choralari ko‘rib boriladigan eng xavfsiz mamlakatlar o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi guruhga yuqori ehtiyot choralarini ko‘rish talab etiladigan, uchinchi guruhga rejalashtirilayotgan safarlarni qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilingan va to‘rtinchi guruhga umuman bormaslik tavsiya etilgan davlatlar kiritildi. Bunda terrorizm, jinoyatchilik, ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq muammolar eng yuqori darajadagi xavf turlari sifatida belgilab olindi. 

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni mazkur ro‘yxatning birinchi guruhiga, ya’ni xavfsiz davlatlar qatoriga joylashtirdi

Mazkur guruhda Sharqiy Yevropa, Skandinaviya va boshqa hududlardagi bir qator mamlakatlar nomi ham qayd etildi. 

Ikkinchi guruhdan esa jinoyatchilik, tartibsizliklar xavfi bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarga uchrash mumkin bo‘lgan Ukraina, terrorchilik tahdidi tufayli Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya kabilar joy oldi. 

Rossiya, Pokiston, Niger, Chad, Nigeriya kabilar uchinchi guruh, Suriya, Yaman, Iroq, Eron, Afg‘oniston, KXDR, Liviya, Mali, Somali, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika Respublikasi so‘nggi guruhga kiritildi.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    90
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish