Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida bo‘ldi

19.01.2018, 19:02

Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida bo‘ldi

Prezidentimiz Angor tumanidagi “Bio texno eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu yerda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yog‘ochdan yoqilg‘i briketlari, qog‘oz chiqindisidan karton va qog‘ozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish bolashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod to‘liq ishlagach yana 250 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

Shu yerning o‘zida gidroenergiteka, transport, ko‘mir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1637
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+