Eron Prezidenti bilan uchrashuv
11.02.2018, 12:54
2018-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhani tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida Vazir Eron Prezidentiga uchrashuv o‘tkazish va O‘zbekiston-Eron muloqotining dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda O‘zbekiston Rahbari Shavkat Mirziyoyevning Hasan Ruhani va Eron xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron prezidentlarining 2017-yil 10-sentabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbatda qator mintaqaviy muammolar, xususan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa’y-harakat muhimligi qayd etildi.
Eron rahbari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab quvvatladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi
20.12.2023, 15:39
-
O‘zbekiston Prezidenti iqlim sohasidagi global kun tartibi doirasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi
04.12.2023, 10:21
-
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:30
-
O‘zbekiston – Fransiya: qat’iy ishonch va azaliy do‘stlikka asoslangan munosabatlar strategik sheriklik darajasida davom etadi
03.11.2023, 15:45
-
“Yashil ipak yo‘li”ni barpo etish yo‘lidagi muhim tashabbuslar va samarali muloqotlar
20.10.2023, 10:04
Fikringizni qoldiring