Aholi dardi-tashvishi deputatlar e’tiborida

Tashriflar: 25

Sana: 11.08.2017 14:15

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan Angor tumanidagi “Novshahar” mahalla fuqarolar yig‘inida mamlakatimiz rahbarining 2017 yilning 12 iyuldagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasining mazmun-mohiyatini, hamda partiyaning maqsad va vazifalarini aholi va partiyaning quyi bo‘g‘inlari, faollari va elektorati vakillari o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muhtaram yurboshimiz tomonidan ta’kidlanganidek olib borayotgan islohotlarimizning muvaffaqiyati, avvalambor, siyosiy partiyalarning etuklik darajasiga, ularning jonajon Vatanimiz oldidagi mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liqdir. Bugungi zamon shiddati, eskicha, bir qolipda qotib qolmasdan yangicha, zamon bilan hamnafas bo‘lishlikni talab qilmoqdi. Shu sababdan siyosiy partiyalarning faoliyatini yangicha ruhda tashkil etgan holda saylovchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish jarayonida faol ishtirok etishni samarali yo‘lga qo‘yish partiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmog‘i lozim.

Tadbir davomida mahalla aholisi bolalar bog‘chasini tashkil etish, toza ichimlik suvini o‘tkazish kabi jamoatchilik e’tiboridagi masalalar ko‘tardi. Ushbu muammolarni o‘rganish va hal etish Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi deputati Erkin Jabborovga biriktirildi.

—Qishlog‘imiz aholisining ko‘pchiligi fermer xo‘jaliklarida mavsumiy yollanma ishchi sifatida ishlashadi. Ularga mehnat shartnomasi asosida mehnat daftarchasi ochish va yuritishda fermer xo‘jaliklariga imtiyozlar berish to‘g‘risida taklif bildirdim, - deydi Navshahar mahallasi maslahatchisi O‘.Mavlonova. —Shuningdek, mahallamizning qo‘li gul tikuvchisi Saida Ortiqovaga o‘z tadbirkorligini boshlashga yordam berishlarini so‘rab partiya faollari va  deputatlarga murojaat qildik. Murojaatimiz besamar ketmadi. Hududimizdan  saylangan mahalliy Kengash deputati Xayrullo Allayorov bankdan kredit olishda amaliy yordam berish uchun biriktirildi. Mana shunday amaliy ishlar vaqti keldi. O‘ylaymizki, Prezidentimizning ma’ruzalaridan xulosa chiqargan deputatlar faolligi yaqqol sezilib, aholi dardi va tashvishini dildan his etadilar.

M.Jo‘rayeva,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi,

jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini oshirish bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!