Maqsad – yuqori sifat va samaradorlikka erishish

Tashriflar: 181

Sana: 19.04.2017 16:54

Partiyaning Andijon viloyat, shahar va tumanlaridagi quyi bo‘g‘inlarda sarhisoblar davom etmoqda. Ularda partiya maqsad, vazifalari, ijro va intizomiy mezonlar chuqur tahlil qilinmoqda. Bundan kelib chiqqan holda BPTlar oldida turgan aniq ishlar rejali tashkil qilinmoqda.

Andijon shahridagi Andijon Tajriba sinov zavodida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishida ham aynan yuqoridagi masalalar kun tartibiga qo‘yildi. Dastavval yig‘ilishda so‘z olganlar ayni kunga qadar ushbu BPTda qilingan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar, vazifalar ijrosi xususida atroflicha gapirdilar. Yakunda BPT raisining faoliyati to‘g‘ri va ijobiy baholandi va S. Hamdamov quyi bo‘g‘in raisligiga qayta saylandi.

Sardorbek HAMDAMOV, mazkur BPT raisi:

- Faoliyatimiz davomida ko‘plab yutuqlarga erisha oldik, deb o‘ylayman. Avvalo, a’zolarimiz safi kengaydi.  To‘g‘ri ish bor joyda kamchiliklar ham bo‘ladi. Biz a’zolarimiz bilan birga ana shu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilyapmiz. Oldimizga qo‘yilayotgan talablar dolzarb va ijrosi juda muhim. Ularni bajarishda partiya ustavida ko‘rsatilgan me’yorlarga, albatta, amal qilamiz.

Shuningdek, Andijon shahridagi O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot–saylov yig‘ilishi ham ochiqligi, muhokamaga boyligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Sarhisob davomida quyi bo‘g‘in faoliyati qoniqarli baholandi. Kamchiliklar aytib o‘tildi. BPT raisi N.Ahmadaliyevani boshqa ishga o‘tib ketganligi sababli qatnashchilar tomonidan ko‘rsatilgan nomzod O.Zuhriddinov boshlang‘ich partiya raisi etib saylandi.

Navro‘zbek YUSUPOV, O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, apparat rahbari:

-O‘tayotgan bunday yig‘ilishlar zamirida qilingan ishlarga tanqidiy yondashib, bajarilishi kerak bo‘lgan yumushlarga katta mas’uliyat bilan qarash talabi bor. Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi zimmasiga yuklangan vazifalar oz emas. Muammolar bo‘lmasligi uchun harakat qilishi, a’zolar safini kengaytirishi, partiyaning maqsadlarini keng targ‘ib qila bilishi  kerak.

Yig‘ilish yakunida yangi saylangan raisga partiya ustavidan kelib chiqqan holda topshiriqlar berildi.

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

matbuot xizmati rahbari 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!