O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tashriflar: 77

Sana: 11.01.2017 15:29

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi hamda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi maruzalari va undan kelib chiquvchi vazifalarni har tomonlama muhokama qilishga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asolangan iqtisodiyot barpo etishning mustahkam poydevoriga aylanib, fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qildi, shuningdek, mamlakatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

–Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili” deb e’lon qilingani xalqimiz uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi raisi Z.Jumaboyev. –Sababi, 2017-yilda mamlakatimizda davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasida keng muloqot yo‘lga qo‘yildi. Endilikda turli sohalardagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarining noqonuniy tekshiruvlariga chek qo‘yish, uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati hamda energiya ta’minotini masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bundan buyon xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari  xalq  uchun  xizmat  qiladi. Shuning uchun ma’ruzada keltirilgan har bir fikrlarni xalqimiz mamnuniyat bilan qabul qildi.      

Majlisda shuningdek, O‘zLiDeP Andijon viloyat, tuman (shahar) deputatlik guruh a’zolari bugungi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’sirini kuchaytirish, ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi rolini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi.

Kengaytirilgan majlis oldida turgan yana bir muhim vazifa – qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir.

 Majlisda so‘z olganlar, qonunlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha aniq ishlaydigan mexanizm yaratish jarayonida O‘zLiDePning munosib ishtirok etishi davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ushbu vazifaning nechog‘li samarali bajarilayotganini ko‘rsatuvchi mezon bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.  

Majlisda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!