Aholi deputatlar haqida qanday fikrda?

Tashriflar: 19

Sana: 19.04.2017 16:45

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda o‘z vakolatlari doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtsodiy islohotlarning borishi, aholining turmush farovonligining ta’minlanayotganligi yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borish asnosida fuqarolarni o‘ylantrayotgan muammolarni hal etishda ham tashabbus ko‘rsatyaptilar.

Bu boradagi ishlarning natijasini bilish maqsadida mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga murojaat qilgan fuqarolarning fikrlarini o‘rgandik:

 Xulkaroy O‘lmasova, Qo‘rg‘ontepa tumani, Toshloq mahallasi, Ixlos ko‘chasida istiqomat qiladi uy bekasi:

—Ochig‘ini aytsam, deputatlarimiz uyimizga kelmagunlariga qadar ularning faoliyatidan xabardor emasdim. Biz bilan suhbat o‘tkazishganda ularning gapi doimgidek baland parvoz gaplar, bir keladi boshqa kelmasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo mahallamizdagi ayrim xonadonlarning muammolarini qayta kelib o‘rganib, ularni hal etish uchun davlat tashkilotlari xodimlarini jalb qilganliklarini ko‘rib, deputatlarimizga nisbatan ioshnchim ortdi.

Mashhura Ro‘ziboyeva, Qo‘rg‘ontepa tumani, Matonat ko‘chasida istiqomat qiladi, vaqtincha ishsiz:

—Kollejni tamomlab, bir necha yil ish izladim ammo o‘zimga munosib ish topa olmadim. Tumanimizdagi “Best textle”da Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi deputat Muhabbat Yo‘ldosheva fuqarolarni qabul qilayotganligini eshitib, ishga joylashtirishda yordam so‘rab bordim. Shu kunni o‘zida muammoyim hal etildi. Deputatimiz ko‘magida “Best textle” ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qiladigan bo‘lishdi. Hozirda ishga joylashish uchun zarur hujjatlarni to‘playapman.

Zafarjon Qobulov, Bo‘z tumanidagi 22-sonli maktab direktori:

—Bir necha yildan buyon maktabimizda toza ichimlik suvi yo‘qligi bois o‘quvchilarimiz qiynalishadi. Bu masalada bir nechta tashkilotga murojaat qilganmiz. Ammo biror natija chiqmadi. Oxir oqibat jamoamiz bilan deputatga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. Tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining a’zosi Feruza Rustamova mazkur masalani kuyunchaklik bilan o‘rgandi.  Tuman “Suvoqava” bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali masalani ijobiy hal etdi. Muammolarni deputatlar orqali hal etish bir muncha samarali usul ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Yusupov Abdumo‘min, Ulug‘nor tumani “Uchko‘prik” MFY faoli:

—Deputatlar faoliyati oxirgi paytlar anchayin jonlandi. Ular aholining himoyachisiga aylandi, deb bemalol ayta olaman. Mana yaqinda mahallamizdagi yaroqsiz holga kelib qolgan beton stolbalarni almashtirishda deputatlarimiz ko‘magidan foydalandik. Tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Umarjon Abdullayev murojaatimizni e’tiborsiz qoldirmay, tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilariga deputatlik so‘rovi yubordi. Hech qancha vaqt o‘tmay mahallamizga yangi elektr ustunlari o‘rnatildi. Endi ko‘nglimiz hotirjam, ko‘chalarimiz ham yanada chiroy ochgandek. Aholining og‘irini yengil qilayotgan deputatlarimiz baraka topsin!

Darhaqiqat, deputat xalq uchun xizmat qiladi. Uning fidoyiligi turmush farovonligi, islohotlardagi yangiliklar uchun qadam bo‘lishi shubhasiz. Yutuqlarimiz bisyor bo‘lsada, deputatlik guruhlari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida hali amalga oshirilajak ishlar talaygina. Bu borada partiya deputatlik korpusi vakillaridan yanada faollik, talabchanlik va albata fidoiylik talab etiladi. Bir so‘z bilan xulosa qilish mumkinki, deputat xalq ishonchini oqlashi shart!

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!