Oziq ovqat xavfsizligi dolzarb vazifa

Tashriflar: 56

Sana: 18.03.2017 14:51

O‘tgan yili AQShning The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazi tomonidan o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 109 ta mamlakat ishtirok etgan oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida O‘zbekistonda dunyoda 64 o‘rinni egallagan edi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyo hamjamiyatida dolzarb vasifa sifatida qaralmoqda. Sababi, sayyoramizning 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik natijasida, mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechiryapti. Bularning barchasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash naqadar muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 

Dunyoning ikki yirik “Enza zaden” hamda “Takii seed” agrokompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi, shu bilan birga, Germaniyadagi ozuqa yetkazib beruvchi “Compo” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili “Agro House” agrokompaniya vakillarining Andijon viloyatiga tashrifi mamalakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda tomorqachilikni rivojlantirish, fermer va dehqonlarga sifatli urug‘, ozuqa yetkazib berish kabi ezgu maqsadlarni o‘zida ifoda etdi.

Dastlab kompaniya xususida ikki og‘iz so‘z. “Agro House” MChJ 6 yo‘nalishda mijozlarga xizmat turlarini taklif qiladi. Urug‘, o‘g‘it-ozuqalar, ekin himoyasi, qishloq xo‘jaligi aksessuarlari, xorijda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik texnikalarini yetkazib berish hamda agromaslahat yo‘nalishlarida ish olib borayotgan mazkur kompaniya mahalliy ishlab chiqarish kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgani zamirida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali islohotlarga zamin bo‘lmoqda.

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi hamda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi hamkorligida partiya elektorati bo‘lmish fermerlarning agrar sohadagi ko‘zga ko‘ringan kompaniyalar bilan o‘zaro tajriba almashish va yangi, hosildor ekin navlarini amaliyotga tatbiq etishda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan mazkur agroturda mehmonlar viloyatning Asaka va Xo‘jaobod tumanlarida bo‘lib, agrar sohada yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Fermer, tadbirkorlar bilan tajriba almashdilar.

- Maqsadimiz, fermer va dehqonlarimizning zamonaviy bilimlarini oshirish, amaliyotga joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi yangiliklaridan xabardor etish, ularga samaradorlik va unumdorlikda ko‘maklashishdir, - deydi “Agro House” maslahatchisi Umidjon Imomnazarov. – Asaka va Xo‘jaobod tumanlaridagi uchrashuvlarda shunga amin bo‘ldikki, bu yerda fermerlik, tadbirkorlikka qiziquvchilar va shu sohadan yuqori daromad olib, o‘z ishini rivojlantirayotgan aholi ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Bunday shart-sharoitlarni ko‘rib kelgusida viloyatda o‘z filialimizni tashkil qilish istagi yana ham qat’iylashdi.

“Agro House” vakillri Xo‘jaobod tumanidagi “Navigul” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, quritish va qadoqlashga qaratilgan yangi loyiha bilan tanishdilar. Korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarda fikrlar almashdilar. Amaliy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

 “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining viloyatdagi vakili Alisher Sirojiddinovning ta’kidlashicha, ushbu uchrashuvlar viloyatda agrar soha bo‘yicha yana bir yirik respublika amaliy seminarini o‘tkazilishiga turtki bo‘ldi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!