Barcha partiyaviy organlar va deputatlarning amaliy hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi

Tashriflar: 36

Sana: 09.01.2017 14:26

Xalq deputatlari Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari faoliyatida samarali deputatlik nazoratini olib borishning partiyaga xos bo‘lgan samarali usullari deputatlar va jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lib, yilsayin takomillashib bormoqda. Bu o‘z navbatida amaldagi qonunlar, davlat dasturlari, hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish, mahalliy ijroya hokimiyati rahbarlari hisobotlarini eshitish, deputatlik so‘rovidan samarali foydalanish, xalq deputatlari Kengashlari va ularning sessiyalariga masalalar kiritishda partiya guruhlarining nufuzi va ahamiyatini tobora oshib borishga xizmat qilmoqda.

Birgina 2016 yil  davomida deputatlik guruhlari tomonidan hududlarda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash, aholining turmush tarzini yanada oshirish masalalari, shunindek,  hududlar iqtisodiyotga hal qiluvchi kuchga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish masalalalariga doir  953 ta deputatlik nazorat-tahlil faoliyati tashkil etilganligi, ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining 2 ming 971 ta eshituvlari o‘tkazilganligi, 5 ming 100 ta deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilinganligi, Xalq deputatlari Kengashlariga kiritilgan 1 ming 682 ta takliflarning 1 ming 185 tasi Kengashlarda muhokama etilib tegishli qarorlar qabulqilinganligi yuqoridagi fikrlarning tasdig‘idir.

Shuningdek, deputatlik guruhlarining partiyamiz doimiy elektorati manfaatlarini himoyalash borasidagi samarali faoliyati tufayli ularga bo‘lgan ishonch tobora ortib bormoqda. Masalan, 2016 yilda tadbirkor va fermerlar tomonidan deputatlik guruhlariga 3 ming 625 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ishlar ko‘lami kengayib, shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda hamda inson huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlash muhim bo‘lib turgan ayni bir sharoitda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari oldiga Qonunlar va partiya elektorati manfaatlarini ifoda etadigan Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha faoliyatini printsipial jihatdan tanqidiy qayta ko‘rib chiqish talabini qo‘ymoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida partiya deputatlik guruhlari oldida ham ulkan ustuvor vazifalar belgilab berilganligi muhim ahamiyat ega.

Shunday ekan, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlarining nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish borasidagi to‘plangan tajribalariga suyangan holda, eng avvalo, bu boradagi partiyaviy ko‘rsatmalar va me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish zarur bo‘ladi.

Bunda partiya hayotiga doir masaladan tortib to qonun loyihasini ishlab chiqish va muhokama etishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda Boshlang‘ich partiya tashkilotidan to O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraktsiyasigacha bo‘lgan barcha partiyaviy organlar va deputatlarning amaliy hamkorligi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu hamkorlikning pirovard natijasi, partiyaning bosh vazifalari hisoblangan jamiyat va davlat qurilishi, iqtisodiyot, sud-huquq, ma’naviyat sohalarida hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ro‘y berayotgan demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish, aholi turmush darajasini ko‘tarish hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoyalash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, demokratik va iqtisodiy islohotlar yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda O‘zLiDePning amaliy ishtirokida o‘z aksini topishi zarur.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!