Ishbilarmon ayol hamisha oldinda

Tashriflar: 24

Sana: 19.05.2017 15:12

Mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar mohiyatini ayollar o‘rtasida keng targ‘ib qilish partiyaning “Ayollar qanoti” oldida turgan muhim ijtimoiy masalalardan biridir. “Ishbilarmon ayol” loyihasi ham shu maqsadda tashkil etilgan tadbirlardan biri, desak yanglishmaymiz.

O‘zLiDePning Oltinko‘l, Izboskan tumanlari Kengashlarida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining quyi bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

–Bugungi kunda jamiyatimizdagi birorta ayol e’tibordan chetda qolmagan, – deydi O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashining “Yoshlar qanoti” guruhi a’zosi O‘.Abdurahmonova. – Ayollar bugun o‘zlarini qaysi sohada bo‘lmasin, imkoniyat darajalarini qo‘rsata oladilar. “Ishbilarmon ayol”, “Oilaviy tadbirkorlikdan –mustahkam oilaga”,  “Sog‘lom oila – mustahkam oila” va “Fermer ayollar“ loyihalari ham xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini, iqtidor va tashabbuslarini namoyon qilishlari  uchun dasturulamaldir.

Tanlovda 20 nafar ishbilarmon xotin-qizlar o‘z mahsulotlarini katta mahorat bilan namoyish qildi. “Muhammadamin orzu-murodi” fermer xo‘jaligi rahbari Shoxsanam Mutalova iqtidori, faoliyat ko‘lami kengligi bilan g‘olib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Izboskan tumanida tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” tanlovning tuman bosqichida nufuzli hay’at a’zolari dastlab ishtirokchilarning ko‘rgazmalari bilan tanishdilar.

–Tanlov ko‘taringki ruhda o‘tdi, – deydi partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi rahbari Z. Haydarova. – Izboskanlik 15 nafar tadbirkor va fermer ayollar o‘z mahoratlarini namoyon qildi. Ular orasidan  yosh tadbirkor Oygul Tojiddinovaning mahsulotlari katta e’tibor qozondi va u “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Bu kabi tanlovlardan ko‘zlangan asosiy maqsad hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xotin-qizlar ishtirokidagi xususiy sektorning ulushi va axamiyatini oshirish, xotin-qizlar tadbirkorligining kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishdir.

Tanlovning quyi bosqichlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Zilola Rahmonova,

O‘zLiDeP Andijon viloyati

Kengashi Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!