Hamma birdek mas’ul

Tashriflar: 149

Sana: 18.03.2017 15:05

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar Strategiyasida belgilab berilgan “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Shundan kelib chiqib, O‘zLiDeP hududiy Kengashlarida partiya oldida turgan muhim vazifalar ijrosiga qaratilgan turkum tadbirlar, partiya elekorati va faollarini jalb etgan holda ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Partiya Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan 13 ta tuman (shaxar) xamda yirik BPTlarda o‘tkazilgan tadbirlar ham mazkur masalalarga bag‘ishlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari o‘quv-seminar tarzida ishtirokchilarga yetkazildi.

—Joylarda o‘tkazilayotgan o‘quvlarda aholiga, elektorat vakillariga Harakatalar strategiyasida ilgari surilgan vazifalarni yangicha yondoshuvda yetkazib berishga harakat qilyapmiz, - deydi partiya viloyat Kengashidagi Siyosiy ta’lim markazi rahbari o‘rinbosari Saida Umaraliyeva. —Biz bunda ko‘proq e’tiborni partiya faollari va a’zolarini faolligi oshirish, Farmonda belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish nafaqat davlat tashkilotlari balki har bir fuqaroning burchi ekanligini taqdimot tadbirlari orqali tushuntirib o‘tyapmiz.

—Albatta, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ta’sirini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hokimiyatning vakillik organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega, - deydi Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Jizzax filiali direktori o‘rinbosari F. Qobulova. —Bu maqsadlarga erishish ko‘p jihatdan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilashni, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishni, fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilishni taqozo etadi.

Tadbirda munozaraga chiqqan ishtirokchilar kelgusida partiya tuzilmalari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikr yuritib, o‘z takliflari bildirib o‘tishdi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!