Muhim va dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilar deputatlarga hisobot berdi

Tashriflar: 28

Sana: 20.09.2017 18:05

Bugungi kunda Nurobod tumanida 388 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari 142, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari 241, ichki xo‘jalik yo‘llari 139 kilometrni tashkil etadi.

Bu haqda Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash foylanish korxonasi  vakili  Akbar Quvondiqov deputatlarga hisobot berdi.  

Akbar Quvondiqovni ta’kidlashicha, tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash korxonasi tumandagi Respublika ahamiyatiga ega 147 km, mahalliy va umum foylanuvdagi 241 km, avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi kunga qadar korxona tomonidan Respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llarida 190 mln. so‘mlik, mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarida 382 mln. so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari hamda xo‘jaliklaror ichki yo‘llarda 1150 mln. so‘mlik qurilish-tamirlash ishlari olib borilgan.

– Ayni paytda tuman hududidagi 140 kmdan ortiq Respublika va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib davlat dasturiga kiritilgan, – deydi A.Quvondiqov. –  Joriy yil oxiriga qadar tumandagi xo‘jaliklaror ichki yo‘llarda 20 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘llarda qurilish va ta’mirlash ishlarini yakunlash va 776220,184 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda deputatlar yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligi natijasida yo‘llar qisqa muddatda ta’mirtalab bo‘lib qolayotganligini qattiq tanqid qilishib, soha mutaxasisslariga ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yo‘l qoplamalarining sifati va chidamliligini oshiradigan zamonaviy qurilish uslublari va texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha kerakli taklif va zarur ko‘rsatmalarni berdilar.

Yig‘ilishda shuningdek, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspeditsiyasi Nurobod tumani bo‘limi rahbari O.Mannayevning hisoboti  tinglandi.

– Sug‘oriladigan yerlarda hosildorlikni oshirish ko‘p jihatdan yerning meliorativ holatiga bog‘liq, – deydi meliorativ ekspeditsiyasi Nurobod tumani bo‘limi rahbari O.Mannayev. – Tumanda keyingi yillarda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan tadbirlar natijasida 1580 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilandi. 2013-2016 yillar davrida Davlat dasturi asosida 4 loyiha bo‘yicha 685,9 mln so‘mlik 66.2 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari to‘liq bajarildi.

Shuningdek, joriy yilda “Kechkeldik” loyihasi asosida 193,7 mln. so‘mlik 20,5 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2017 yilning 8 oyi davomida 116,5 mln. so‘mlik 14,6 km uzunlikdagi kollektor tormoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Buning  natijasida tumanda 488 gektar sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi.

Deputatlar sug‘oriladigan yerlarning hosildorligini oshirish, zovurlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, yangi zovur tarmoqlari ochish, shuningdek,

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, O‘zLiDeP deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!