Hisobot –saylov yig‘ilishlari

Tashriflar: 18

Sana: 20.04.2017 16:26

natijalar sarhisob qilindi 

Uychi tumanida O‘zLiDePning 74 ta boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib, ayni kunlarda ularda  hisobot-saylov yig‘ilishlari qizg‘in davom etmoqda.

“Hurriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida ham 2004 yilda tashkil topgan va o‘z atrofiga 11 nafar a’zoni birlashtirgan tayanch tuzilmaga “Shifokor” MFY  raisi Shoira Abdullayeva  sardorlik qilib kelmoqda.

Hisobot –saylov yig‘ilishida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich tashkilot tomonidan mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash, oilaviy biznesni rivojlantirish, xotin-qizlarni, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi, ayniqsa, partiya harakat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “Hurriyat” ko‘chasida yashovchi fuqarolar Azizbek Xakimjonov, Anvar Shokirov, Yunusbek Qirg‘izovlar qoramol boqish uchun, Ismoil Yo‘ldoshev, Akbar Rasulovlar issiqxona tashkil etish uchun bankdan imtiyozli kredit olish masalasida boshlang‘ich partiya tashkilotiga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Ularning bu murojaatlari e’tiborga olindi va Uychi tuman “Agrobank” bo‘limidan jami 20 million so‘m imtiyozli kredit olishlariga ko‘maklashildi.

Muzokarada so‘zga chiqqanlar erishilgan yutuqlarni e’tirof etganlari holda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar va yakunida  yana ko‘pchilik ovoz bilan  Shoira Abdullayevani boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta sayladilar.

***

Uychi tumanida Adiba Hojimirzayeva 2012 yilda qizlarga tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik, uy hamshiraligi, ingliz, rus, koreys tili  sirlarini o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib “Shahnoza master klass” nomli o‘quv markazi tashkil etdi. 5 yil davomida yuzga yaqin qizlarni kasb sirlaridan boxabar qildi, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordam berdi. U tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirib, tikuvchilik sexini ham ochdi, bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy kiyimlar, sochiq va 30 turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va 21 nafar xotin−qizlar ish bilan ta’minlandi.

Ushbu  o‘quv markazi  qoshida  2016 yilda O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti  ham ta’sis etildi va unga markaz rahbari Adiba Hojimirzayeva yetakchi etib saylandi. Bu esa jamoada xodimlarning siyosiy, huquqiy bilimlarini yanada oshirishda muhim omil bo‘ldi.

Hisobot- saylov konferensiyasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Ma’ruzalar  yuzasidan savol-javob, muzokaralar bo‘lib o‘tdi, takliflar bildirildi va Adiba Xojimirzayeva boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

***

“Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot–saylov yig‘ilishi ham ishchan ruhda o‘tdi. Unda BPT raisi o‘rinbosari M.Matkarimova hisobot berdi.  Unda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, erishilgan yutuqlar e’tirof qilindi. Shuningdek, ayrim kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlar ham  ko‘rsatib o‘tildi.

- Men tadbirokorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldim. Lekin bu borada bilim va tajribam yetarli bo‘lmaganligi uchun ishni nimadan boshlashni bilmay ikkilandim, - deydi “Shifokor” ko‘chasida yashovchi fuqaro A’zamjon Abduraximov.  – BPT yetakchisi Muborak Akbarovadan maslahat so‘radim. Opa menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Menga o‘xshab mahalladoshim Dilorom Qodirova ham boshlang‘ich partiya tashkilotidan yordam so‘radi. Bizga biznes rejasini tuzishda yordam berishdi. “Agrobank Uychi tuman bo‘limidan imtiyozli 7,5 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish masalasida ko‘maklashishdi. Qarabsizki, ishlar asta-sekin yurishib ketdi. 

Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatidan bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Yoshlar tarbiyasi, oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirish, to‘y va marosimlarni tartibli o‘tkazish kabi masalalarda ham bir qator ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. 

Muborak Akbarova boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

Azamat Qozoqov

O‘zLiDeP Uychi tuman  Kengashi konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!