O‘zLiDeP Denov tuman Kengash paxta yig‘im-terimida faol qatnashayotganlarni taqdirlamoqda

Tashriflar: 25

Sana: 12.10.2017 16:43

Ana shunday tadbirlardan biri Denov tumanidagi Lochin ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi dala shiyponida bo‘lib o‘tdi. Unda paxta yig‘im-terim mavsumida faollik ko‘rsatgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ilg‘or terimchi, faol hasharchi va fidoiy otryad rahbarlari rag‘batlantirildi.

Partiyamiz xodimlari Denov tumanidagi “Lochin” hamda “Farovon Lochin ” fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lishdi. Uchrashuvda viloyat va tuman bo‘yicha birinchilardan bo‘lib davlatga paxta sotish rejasini bajargan “Lochin ” fermer  xo‘jaligi rahbari A.Narzulloyev, eng ilg‘or terimchilardan Eshniyozova Nilufar Amirova Soliya, Da minov Nuriddin, Berdimurodova Aziza, eng faol hasharchilardan Qulmirzayev Nurillo, Olimova Sarvinoz, Abdusattarova Nigora, otryad rahbarlaridan esa Nazarov Bobomurod va Okbutayev Tuychi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!