Vatan himoyasi – muqaddas burch!

Sana: 11.01.2017

2016-yil 20-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilingan edi. Ushbu farmoyishga ko‘ra O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Yoshlar bilan” ishlash bo‘limi tomonidan Dehqonobod agro-sanoat kolleji, Chiroqchi transport kolleji, Muborak axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli tadbir tashkil etildi. Unda xarbiy xizmatchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, shoirlar va iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

—Viloyatimizda mamlakatimiz Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi hamda Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan bayramoldi o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar o‘zining ma’naviy-ma’rifiy sabog‘i hamda yoshlarda yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, - deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov. —Tadbirlarda iqtidorli yoshlar, shoiru-ijodkorlar tomonidan Vatanga muhabbatratni tarannum etuvchi, tinchlik-osoyishtalik, mustaqillikning qadriga yetishga chorlovchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar va ijod na’munalari chin ma’noda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirib, yuksak iftixor bilan ona Vatanni himoya qilishga undamoqda. Bu kabi bayram tadbirlar viloyatimizning har bir tumanida ko‘taringki ruhda o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, istiqlol yillarida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirishda har bir jihatga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, o‘tgan yillar davomida, qator oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ofitser va kadrlarga bo‘lgan talab, hamda ehtiyojni qondirish barobarida ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish imkoniyatini ham bermoqda. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan askarlarimizga yaratilgan imkoniyatlar, ularning nazariy hamda amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi, tehnik-taktik tayyorgarligi talab darajada bo‘lishi, til o‘rganishi, strategik jihatdan tahlil qila olish qobiliyatining oshishi, eng muhimi, xaqiqiy vatanparvar insonlar sifatida kamolga yetishida muhim ahamiyat kasb etayapti.

O‘tkazilayotgan tadbirlarda bu kabi jihatlarga alohida urg‘u berilishi, yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va intilishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!