Tayanch nuqtalar sarhisobi

Tashriflar: 31

Sana: 18.03.2017 15:13

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Ularda tayanch nuqtalarning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilinib, quyi bo‘g‘in raislari va ularning o‘rinbosarlari saylanmoqda.

“Oybek” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘in faoliyatini yanada takomillashtirish, partiya elektorati vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha asosli takliflar bildirildi.

– Boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi sifatida o‘z zimmamizga olgan mas’uliyatni chuqur anglashga intilar ekanmiz, yurtimizda, jamiyatimizda kechayotgan har bir ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy jarayonlardan to‘liq boxabar bo‘lishimiz va shu asnoda o‘z ish faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishimiz zarur, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi Ibodullo Mardonov. – Shu maqsadda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida partiyaning ustuvor vazifalari va bunda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining roli haqida atroflicha fikrlashib oldik. Fikrimcha, Strategiyada belgilangan vazifalarni mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda amalga oshirsak, partiyaning bugungi kundagi mavqei oshadi, a’zolar safini yanada kengayadi.   

Hisobot yig‘ilishda shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, fermer xo‘jaliklari rahbarlarini o‘ylantirayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga huquqiy yordam ko‘rsatish, partiyaning maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishda partiya quyi bo‘g‘inlarining o‘rni va rolini oshirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati qoniqarli deb topilib, Ibodullo Mardonov qayta raislikka saylandi.

Tumandagi “Qushtepa”, “Qaradaryo” singari mahalla fuqarolar yig‘inlari, “Rustam Plasteks” korxonasida tashkil etilgan tayanch bo‘g‘inlar faol va tashabbuskorligi, yetakchiligi va a’zolar sonining ko‘pligi bilan boshqa quyi bo‘g‘inlardan ajralib turadi. 

 “Qoradaryo” MFY qoshida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishida tayanch nuqtaning 2016 yildagi faoliyati tahlil etilib, 2017 yil oldida turgan rejalari belgilab olindi.  

– O‘tgan davr mobaynida korxona, tashkilotlar va kasb-hunar kollejlarida partiya maqsad va vazifalarini, ayniqsa, Prezidentimizning mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid Farmon va qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan qator seminar-treninglar, davra suhbatlari o‘tkazdik, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi Abdurashid Sarmonov. – Bugungi hisobot-saylov yig‘ilishida ham boshlang‘ich partiya tashkilotning faoliyatini yanada kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar haqida fikrlashib oldik.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!