Tayanch nuqtalar tashabbuskorligi

Tashriflar: 74

Sana: 18.03.2017 14:59

yetakchilar faolligiga bog‘liq 

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi atrofiga 87 boshlang‘ich partiya tashkilot jipslashgan. Partiyalar a’zolar soni esa 2 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi. Bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida shu kunga qadar 20 dan ortiq quyi bo‘g‘in faoliyati atroflicha tahlil etildi va istiqboldagi asosiy vazifalar belgilab olindi.

“JomboyDon” AJ, “Toshkent”,“Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Buloqboshi” fermer xo‘jaligi, “Mangu” ma’suliyati cheklangan jamiyati qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida o‘tkazilgan yig‘ilishlar ayniqsa, samarali bo‘lmoqda.

Tumandagi “JomboyDon” Aksiyadorlik jamiyati qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 107 nafar a’zolarni birlashtirgan yirik namunaviy qo‘yi bo‘g‘in hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu qo‘yi bo‘g‘in  jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarda faol ishtirok etmoqda, joylardagi muammolarni atroflicha o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Quyi bo‘g‘inning navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida boshlang‘ich partiya tashkilotining 2016 yildagi faoliyati yakunlari chuqur tahlil etilib, boshlang‘ich partiya tashkiloti raisining hisoboti eshitildi.

– Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining o‘tgan yillardagi faoliyati tahlillari a’zolar tashabbuskorligiga ko‘p narsa bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda, – deydi  qo‘yi bo‘g‘in yetakchisi Jamol Ravshanov. – Bu esa zimmamizdagi partiyaviy ma’suliyatni yanada oshiradi. Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida tumandagi ko‘plab faol, ishbilarmon fermer va tadbirkorlarimiz partiya safiga kirish istagini bildirmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab oldik.

Shuningdek, hisobot yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan boshlang‘ich partiya tashkilotining ustuvor vazifalari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda partiya deputatlik guruhi bilan o‘zaro hamkorlik borasidagi masalalar yuzasidan ham ma’ruzalar tinglanib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Tumandagi “Mangu” MJCh tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotiga Dilshod Odilov yetakchilik qiladi. Ayni vaqtda ushbu korxonada 12 nafar maslakjoshlarimiz yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash, muhimi, aholi orasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda alohida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tkan hisobot-saylov yig‘ilishida mamlakatimzni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan BPTning 2017 yildagi ustuvor vazifalari haqida so‘z yuritildi.

– Partiya a’zolari bir maqsad yo‘lida birlashib, o‘zoro hamkorlikda ish olib borayaptilar, – deydi qo‘yi bo‘g‘in yetakchisi Dilshod Odilov. – Safimizda iqtidorli, faol yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning sa’yi-harakati bilan joylarda “Diplom bilan – biznesga”, “Yosh fermer”, “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga”, “Fermer ayol”, “Mulkdor oila” kabi ko‘plab partiyaviy loyihalarning mazmun-mohiyati yuzasidan doimiy ravishda tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilayapti. Bu o‘z navbatida, kollej bitiruvchilarini, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga kirib kelishida, ularning munosib kasb-kor egasi bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hisobot-saylov yig‘ilishda qo‘yi bo‘g‘in faoliyatini tizimli takomillashtirish va samaradorligini oshirish, yoshlar, ayniqsa, kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlash, tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni ijobiy hal etish avvalo, partiya quyi bug‘inlarining zimmasiga katta ma’suliyat yuklanishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining 2017 – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!