Today.uz: O‘zLiDeP Harakatlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi vazifalarni belgilab oldi

Tashriflar: 11

Sana: 13.03.2017 1:46

Joriy yilning 14-fevral kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi, deya habar bermoqda O‘zLiDeP matbuot hizmati. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmonidan kelib chiquvchi vazifalarni har tomonlama muhokama qilish kun tartibidagi asosiy masala bo`ldi.

Majlisda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholi faolligini oshirish yo`lida keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta`kidlandi. Ushbu islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar, shu jumladan O‘zLiDeP fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy, ayniqsa saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, ularning irodasi va fikrini ifoda etish, markaz va joylardagi davlat hokimiyati organlarini shakllantirishdagi ishtirokini kengaytirishning muhim vositasiga aylandi.

Tadbirda so`z olganlar ta`kidlaganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonining qabul qilinishi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan keng miqyosli o`zgarishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Harakatlar strategiyasiga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog`ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritilgani O‘zLiDeP faollari va deputatlik korpusiga alohida mas`uliyat yuklaydi.

Majlisda Harakatlar strategiyasining har bir yo`nalishi O‘zLiDeP, uning deputatlik korpusi, hududiy tashkilotlari va partiya faollari oldida turgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida puhta o`rganilib, tahlil qilindi. Avvalo Strategiyaning birinchi yo`nalishi – davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yahshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishda partiya ishtirokini ta`minlash masalalari hususida so`z yuritildi.

Partiya elektoratining manfaatlari, tadbirkorlar va fermerlar bilan joylarda o`tkazilgan uchrashuvlarning natijalaridan kelib chiqib, majlisda Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni liberallashtirish borasidagi vazifalariga alohida e`tibor qaratildi. Hususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda horijiy investorlar uchun investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, qishloq ho`jaligini modernizasiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo`ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy tehnologiyalarni, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mehanizmlarini joriy etishni qamrab oladigan kompleksli vazifalar ko`rib chiqildi. Umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro`yobga chiqarish ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Harakat strategiyasida qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlash borasida ko`zda tutilgan chora-tadbirlar partiya saylovoldi Dasturi va elektorati manfaatlariga hamohangdir. Tadbirda partiya hududiy tashkilotlari huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda ho`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining halq bilan bevosita muloqotini yo`lga qo`yishi, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta`minlashda bevosita ishtirok etishlari lozimligi ta`kidlandi.

Shuningdek, Siyosiy Kengash majlisida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yangi ramzini tasdiqlash masalasi ham ko`rib chiqildi.

Majlisda partiya Siyosiy Kengashining O`zbekiston tadbirkorlari va fermerlariga Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko`rsatishga chorlovchi murojaati qabul qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

today.uz

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!