“TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!”

Tashriflar: 167

Sana: 18.04.2017 18:54

Mamlakatimizda yoshlarni tadbirkorlikga keng jalb etish, yosh tadbirkorlarga chet - el tajribasini o‘rgatish maqsadida O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “NORTEC COMPANY” hamkorligida 2017-yilning 24-aprel kuni “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasining konferensiyalar zalida Norvegiya, Niderlandiya hamda Rossiya davlatlarining yirik tadbirkorlari va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat - darsi o‘tkaziladi.

Mahorat-darsida:

  • “NORTEC COMPANY” ta’sischisi, tibbiyot fanlari doktori, Norvegiya Qirolligi hususiy tadbirkori - Per Samyuel Biyorgaas;
  • Iqtisodiyot va biznesda yangi yondoshuvlarni tushuntirish “EUROPARTNERS” assotsiatsiyasi prezidenti - Mr.Droppers Vauter;
  • Yevropa biznes muhiti  bilan ilg‘or tajriba almashish PAO FOSAGRO direktorlar kengashi maslahatchisi - Mr.Dmitriy Shlopak ishtirok etadilar.