Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash masalasi yanada soddalashtirildi

27.07.2018, 18:14

Shaxnoza Alimova
Shaxnoza Alimova

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman KengashidagiO‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

Prezidentimizning “2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq arzon uy joyga bo‘lgan aholi talablarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan o‘rganib chiqib, aniq taklif kiritish belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qarorda shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon ko‘p kvartirali uylarni o‘rtacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytgan mazkur hayotiy qaror qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini samarali amalga oshirish, aholining shinam turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, fuqarolarning farovonlik darajasini yanada oshirish va turar joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Binobarin partiyamiz dasturida qayd etilganidek, yangi, barcha qulayliklarga, zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan turar-joy massivlarini, ayniqsa, qishloq joylarda barpo etish, uy-joy bozorini kengaytirish, aholi, shu jumladan, yosh oilalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda uy-joy olish imkoniyatini ta’minlash uchun ushbu sohada raqobatni oshirish O‘zLiDePning ham ustuvor vazifalaridan biridir.


  • Ko'rildi
    3327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Farxod2020-06-13 17:30:30

Assalomu aleykum. Мен 2018 йилдан бери уйни хужжатларини топширдим. Лекин, айолим мурожаат килди яшнобод хокимиятига,халк кабулхонасига, афсус Яшнобод туманидаги Хокимиятдаги ходимлардан бири Сергилидаги уйлар курилиши тухтатилгани хакида айтиб утибди. Буни кандай тушуниш мумкин. Аёлим ишдан коронтинда айрилди. Оиламни бокишга етмаяпти, ижарада тураман ойлигимни хаммаси туловга кетватти. Болларим вояга етмаган. Уйни олишда ойликка караб беришни йулга куйилса яхши булар эди. Чунки, хаммани ойлиги бир хил эмаску.


Nilufar2019-12-13 16:11:20

Assalomu aleykum. Bu uylarni olish juda qiyin bovotti. Chunki men ham ikki yil navbatda turfim, lekin kommisiya propiska yoq, kvadrat metr yetadi deb rad etishti. Vaholanki meni oz uyim yoq. Hosh vaziyatda men nima qilishim kerak. 4nafar voyaga yetmagan farzandlarim bilan ota uyimda yashamoqdaman. Shaxar xokimyati, xotin qizla qomitasi, tuman xokimyati h am xech qanday yordam berishmadi.


shamsiddin2019-06-15 14:00:08

Assalomu -alaykum uy-joy arzon demanglar bu arzonga kirmaydi chunki oddiy odam qachon mustaqil uy olishga qurbi yetsagina arzon uy-joy deb yozinglar eng qulay narx 1 milion mayli harakat qilamiz boshlangich tulovsiz faqat yana umrini oxirigacha bulmaslik kerak


shamsiddin2019-06-15 13:51:51

Uy joy masalasiga kelsak aldagani bola yaxshi bir cho'ldan yer beramiz deb haliyam berilmadi 2 yilar bo'lyapti hujjatlar chirib ketgandir u yerga hech bumaganda bir parnik qisam bulardi pamidor bodring o'stirib sotardim keyin palon narxli uydan olishga imkoniyat bularmidi deb hayol surib yuribmizda haloyiq


Gavhar2019-06-07 20:45:08

Assalomualeykum. Menga ham ushbu arzon uylardan berildi lekin, boshlangich to'lov asosida. Hech qanday imtiyoz berilmadi. Qonunda imtiyozli uylar boquvchisini yo'qotgan nogironligi bor shaxslarga berishi ko'rsatilganku. Axir men ham ushbu ko'rsatilgan shaxs sifatida olishim mumkun ediku. Nima uchun menga imtiyoz berilmadi. Shu maqolaga alohida e'yibor berishingizni talab qilardim.


Алиев Шерзод Хамиджонович2018-08-29 12:09:26

Хозирги кунда халқимизга уй -жой масаласида кўрсатилган имкониятлар кўнгилдагидек бироқ бази бир мутасади ташкилотлар томонидан қарорни ижросини таьминлашда бир оз пайсалга солинаётганлиги халқ учун қийинчилик туғдирмоқда.Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Алиев Шерзод Хамиджонович2018-08-29 12:09:26

Хозирги кунда халқимизга уй -жой масаласида кўрсатилган имкониятлар кўнгилдагидек бироқ бази бир мутасади ташкилотлар томонидан қарорни ижросини таьминлашда бир оз пайсалга солинаётганлиги халқ учун қийинчилик туғдирмоқда.Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-08-11 07:16:52

Аҳолини арзон уй-жой билан таъминлаш масаласи янада соддалаштирилганлиги ёшларимиздаги имкониятларни кенгайтирилганлигидир. Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Yangibozor tumani A.Adamov2018-07-28 10:23:01

Arzon uy-joylarga bölgan talab juda yuqori.


Fikringizni qoldiring

+