Fransiyada erishilgan kelishuvlar mamlakatimiz tadbirkorlari va ishbilarmonlari uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi

11.10.2018, 21:43

To‘rabek Nazarov
To‘rabek Nazarov

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Prezidentimizning Fransiyaga davlat tashrifini biz partiya xodimlari ham katta qiziqish bilan kuzatdik. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga ijobiy baho berildi. O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

O‘tgan yillarda Fransiyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi qariyb 1 milliard dollarni tashkil etdi.

Muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi mavjud imkoniyat va salohiyatga mos emasligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, “MYeDYeF” Fransiya tadbirkorlari harakati hamkorligida tashkil etilgan biznes-forumda Yevropaning ilg‘or tajribasi, bilimi va texnologiyalari asosida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati 1 milliard yevroga yaqin infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi. Fransiyaning yetakchi “Natiksis”, “Kredi Agrikol” banklari va “BiPiAy” eksport-import agentligi bilan 1,5 milliard yevrolik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.

Fransiyaning “Eyrbas”, “Total”, “Vinchi”, “Orano”, “Total Eren”, “Veoliya”, “Fivs Shteyn”, “Buig”, “Ranjis” va boshqa ko‘plab kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

Yurtboshimizning Fransiyaga tashrifi va hamkorlikdagi loyihalarning amalga oshirilishi O‘zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi.


  • Ko'rildi
    1206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Saidorif2018-04-24 16:33:33

Осуществляемая в нашей стране колоссальная созидательная работа, происходящие преобразования и обновления послужат реализации высокого экономического потенциала нашей Родины и дальнейшему росту благосостояния народа.


Fikringizni qoldiring

+