“Business city” – “Yunusobod” ishbilarmonlik markazi OʻzLiDeP elektorati uchun katta imkoniyatlar yaratadi

 Renata Yusupova
Renata Yusupova

OʻzLiDeP Yunusobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar, istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Yunusobod tumanining Otchopar – 2 mahallasi hududida quriladigan “Business city” – “Yunusobod” zamonaviy ishbilarmonlik markazini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur zamonaviy ishbilarmonlik markazida ko‘p qavatli turar joylar, biznes ofislar, savdo-ko‘ngilochar maskanlar, mehmonxonalardan iborat ko‘p tarmoqli majmualar, saylgohlar, ijtimoiy ob’ektlar, tibbiy sog‘lomlashtirish markazlari bunyod etiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qiymati 500 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2019-2023 yillarda qurib bitkaziladi.

Prezidentimiz yangi ishbilarmonlik markazi poytaxt aholisiga qulay shart-sharoit yaratish bilan birga, xorijiy investorlar, biznes doiralarni jalb qilish kerakligini ham alohida ta’kidladi. Markaz qurilishida relefdan oqilona foydalanish, dunyo shaharlari tajribasini o‘rganish zarurligini qayd etdi.

Ta’kidlash kerak, “Business city” – “Yunusobod” zamonaviy ishbilarmonlik markazi OʻzLiDePning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Chunki tadbirkorlar markazda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo-sotiq singari o‘nlab yo‘nalishlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Bu esa yuzlab yangi korxonalarni tashkil etish va minglab ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Shu jihatdan ishbilarmonlik markazini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni partiyaviy vositalar bilan nazoratga olishimiz lozim. Prezidentimizning Yunusobodga tashrifi davomida belgilab berilgan aniq vazifalar biz deputatlar uchun muhim dasturilamal bo‘lishi, xalqimizga sidqidildan xizmat qilishga o‘rgatishi zarur.    

                                                                                   Renata Yusupova,

OʻzLiDeP Yunusobod tuman Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi

 partiya deputatlik guruhi rahbari


  • Ko'rildi
    1674
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+