Yangi qarordagi me’yorlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir

04.04.2019, 11:29

O‘zbekiston keyingi yillarda ayollarning huquq va manfaatlarini himoyalash bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash sohasidagi islohotlar samarasini alohida ta’kidlash joiz. Bu borada so‘z yuritar ekanmiz, eng avvalo, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda o‘tgan davr mobaynida xotin-qizlar manfaatlarini muhofazalashga yo‘naltirilgan 100 ga yaqin milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilinganini ham yodda tutish darkor.

BMT va Xalqaro mehnat tashkilotining qator konvensiyalarini Markaziy Osiyo mintaqasida birinchilardan bo‘lib ratifikatsiya qilgan davlat ham O‘zbekistondir. Jumladan, “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”, “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar to‘g‘risida”gi va boshqa hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Konstitutsiyamizda ayollarning fundamental huquqlari himoyasi kafolatlangan bo‘lib, 46-moddada erkaklar va ayollarning teng huquqli ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir hafta oldin imzolagan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori esa ayollarga nisbatan mavjud munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berishga qaratilgani bilan dolzarb o‘rin tutadi.

Mazkur qarorga muvofiq, xotin-qizlar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlarning bekor qilinishi, ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxatining tasdiqlanishi, qo‘shimcha bir oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta’tili berilishi, ikki yoshga to‘lmagan farzandi bor onalar uchun o‘ziga qulay vaqtda tanaffus belgilanishi, 60 yoshga qadar pensiya yoshidagi ayollar bilan yoki muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishining taqiqlanishi, sudlarda advokatlar tomonidan bepul  yuridik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq yengilliklar yaratildi.

So‘nggi ikki yil davomida deputatlar va turli darajadagi ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurish orqali minglab ishsiz xotin-qizlar aniqlandi. Hududlarning imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, ularning qisman bandligini ta’minlashga, tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga, hunarmandchilikka jalb qilishga harakat qilindi. Lekin bu bilan kutilgan natijaga erishildi, deb ayta olmaymiz. Yangi qarorga ko‘ra, “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”ning tashkil etilishi ayollarning o‘z biznesini boshlashi va ularda ishbilarmonlik ko‘nikmalarining shakllantirilishi, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishining samarali mexanizmi sifatida xizmat qiladi. 

Bunday markazlar tomonidan ishbilarmon ayollarga mahallalarda bo‘sh turgan binolardan joy ajratish, ishonchli hamkorlar topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda ko‘maklashishdan tortib, toki ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishigacha ko‘maklashish masalalarining qamrab olingani opa-singillarimizdagi ikkilanishlarni barham toptirib, ertangi kunga  katta umid va ishonch uyg‘otadi.

“Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni taz­yiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini tayyorlash vazifasi qo‘yilgani ham muhim qadamlardan biridir. E’tiborli jihati shuki, xotin-qizlar mehnatining huquqiy kafolatlari belgilab berilgan mazkur qaror tadbirkor ayollar sonini ko‘paytirishiga shubha yo‘q. Biz, ya’ni barcha darajadagi deputatlar esa jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada oshirish, turli jabhalarda ularning huquq va manfaatlari ta’minlanishida samarali parlament nazoratini olib borish, yangi hujjatning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda mas’ulmiz.


  • Ko'rildi
    1319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ташимов Менлимурат 2018-05-15 17:21:03

Ушбу қарор мамлакатимизнининг янада ривож топишида, янги янги ғояларнинг, янги иш ўринларнинг пайдо бўлиши иқтисодиётимизнинг ривожланишида ҳиссаси зўр бўлади деб ишонамиз


Аптаров Аслиддин O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-09 13:27:18

“Фаол тадбиркорлик ва инновацион фаолиятни ривожлантириш учун шарт-шароитларни яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори мамлакатимизда янги техналогия ва ишланмаларнинг ривожланишини янги тараққиёт босқичига олиб чиқади.


О.Атақулов-Навбаҳор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-09 08:11:31

Инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар қўллаб-қувватланиши авваламбор ёшлар учун катта имконият деб ўйлайман. Бундай қўллаб-қувватлашдан кейин албатта яхши натижалар бўлади.


Ш.Абдурасулов Арнасой тумани аппарат рахбари2018-05-08 19:08:47

Инновацион ғоялар тежамкорлик,янгилик,техника ва шу қаторда иқтисодимизга жуда катта маблағ демакдир.


Жиззах вилояти Туман Фермерлар Кенгаши БПТ раиси Эрназаров Акбар 2018-05-08 17:34:24

Инновацион ғоялар бу давлатимиз ривжланишига олиб келади.


Fikringizni qoldiring

+