Jur’at va shiddatni kimdan oldim?

23.01.2020, 09:32

Rasul Kusherbayev
Rasul Kusherbayev

Majlisda davlatimiz rahbarining parlament haqida, uning a’zolari faoliyati haqida kuyunib bildirgan fikrlarini diqqat bilan eshitdik. Prezidentimizning “Parlament — xalq uyi” degan ta’rifi naqadar xalqchil yangraganini ta’riflash mushkul.

Darhaqiqat, keyingi uch-to‘rt yil ichida hayotimizga ochiqlik va shaffoflik deb atalmish demokratik epkin kirib keldi. Shu bois, yaqindagina o‘tgan muhim siyosiy jarayon — saylov fuqarolarimizni o‘ylantirib yurgan masalalarni hal qilishni gardaniga olish va shu yo‘lda harakat qilish zarurligini yana bir bor namoyon qildi.

Saylov jarayonida namoyon bo‘lgan ochiqlik, talabchanlik va g‘oyalararo bahslar O‘zbekistonda axborot va so‘z erkinligi, ochiqlik, sog‘lom bahs, fikrlar xilma-xilligini ifoda qilish yo‘lida dadil olg‘a qadam tashlangani bilan ham bevosita bog‘liq. Va bu ishlar, avvalo, mamlakat rahbari, islohotlar yetakchisi sifatida Prezident irodasi, Prezident shiddati bilan ekanini e’tirof qilib o‘tmoqchiman.

Mendan ko‘p so‘rashadi: sen ilgari qayerda eding, bu jur’atni, yurakni, shiddatni qayerdan olding, ishonganing, suyanchig‘ing kim, deb. Ishonganim saylovchilar, jur’at va shiddatni esa, davlat rahbaridan oldim, deyman. Aslida ham shunday.

Ochig‘i, Prezidentimiz 2017 yilning iyul oyida parlament palatalari qo‘shma majlisida biz deputatlarga qarata odamlar bilan yaqin muloqot qilish, saylovchilar bilan hamfikr bo‘lish, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilib, doimiy aloqa o‘rnatish kerakligi haqida bildirgan takliflari keyingi faoliyatimizning muhim mezoni bo‘lib qoldi. Masalan, men o‘z faoliyatimda shuni his etdim.

Tan olish kerak: agar davlat rahbari sifatida Prezident irodasi va ishonchi bo‘lmaganda, eskicha fikrlovchi byurokratlarga yoqmagan birinchi keskin chiqishimdanoq shashtimni sindirib yuborishlari aniq edi. Buni hozirgi kunga qadar ham kundalik ish davomida his qilib turaman: deputatni ko‘pchilik mansabdorlar, hokimlar yoqtirmaydi. Biroq deputatlik mashaqqatlarini o‘z zimmasida sinab ko‘rgan sobiq deputat, hozirda esa, ardoqli Prezidentning qat’iy ishonchi deputatlarga bo‘lgan munosabatning asta-sekin o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda, bizga ham saylovchilarni rozi qilish yo‘lida harakat qilish, talashish, tortishish, kerak bo‘lsa, shiddat bilan intilishga ruh bag‘ishlamoqda.

So‘nggi saylovoldi jarayonlaridagi muloqot va uchrashuvlar shuni ko‘rsatdiki, agar odamlarni rozi qilish yo‘lida jon kuydirmasak, ularning ishonchini qozonishga jahd qilmasak, xalqimiz parlament vakillarini kechirmas ekan, kelajak ham kechirmasa kerak.

Bu yo‘lda esa, bir qator vazifalarimiz bor. Davlatimiz rahbari tomonidan qayd etib o‘tilgan ana shu ustuvor vazifalar esa, biz — deputatlar uchun muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    1152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Meliqulov.ulugbek.Farxodovich 2020-05-20 02:30:36

O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718

Даврон Темиров2020-03-10 15:23:37

Расул Кушербаевга ўхшаш жасоратли, журъатли ва халқпарвар депуталарёрдамидагина Президентимиз илгари сураётган ислохотлар амалга ошади.Шундайларгина Ватанимизнинг юксалишига қанот бўладилар.

Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:19:54

"Хар бир оила тадбиркор" дастурини амалга ошириш албатта қувонарли ҳол,ишонаманки меҳнаткаш халқимиз ушбу дастурни оқлайди.

Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:19:53

Fikringizni qoldiring

+