Yoshlar taraqqiyotimizning chinakam tayanchi

15.11.2017, 19:07

Ibroxim Sattarov
Ibroxim Sattarov

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Prezidentimizning Namanganga tashriflari viloyatimiz aholisining ayniqsa, biz yoshlarning shijoatiga-shijoat, kuchiga-kuch qo‘shdi, shu bilan birga ulkan mas’uliyat yukladi. Davlatimiz rahbari o‘z tashrifini ma’rifatparvar ajdodimiz Ishoqxon Ibratga atab qurilayotgan majmua bilan tanishishdan boshlab, mazkur majmuani mazmunan yanada takomillashtirish, til o‘rgatish bo‘yicha maxsus maktab tashkil etish, bu yerda yoshlar xorijiy tillarni o‘rganishini, ularga poytaxtimizdagi universitetlar o‘qituvchilari, chet ellik mutaxassislar kelib dars berishlari lozimligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga yoshlar tarbiyasi haqida gapirganda, shoshmasdan, bu boradagi ishlarni yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o‘ylagan holda amalga oshirish kerak dedi Prezidentimiz. Yurtboshimizning viloyatdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari va hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish hamda fuqarolar bilan uchrashuvlar va nuroniy oqsoqollar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ham yoshlar tarbiyasi, boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bir so‘z bilan aytganda Prezidentimiz butun tashriflari davomida barcha sa’yi-xarakatlarni yoshlar mamlakatimiz taraqqiyotining haqiqiy tayanchiga aylanishiga safarbar etilishi lozimligiga alohida urg‘u berdilar. Albatta, biz yoshlar bundan nafaqat ruhlandik, kuch-quvvat oldik, yelkamizda vatanimiz ravnaqi yo‘lida ulkan mas’uliyat borligini yana bir bor his qildik. Biz partiya “Yoshlar qanoti” vakillari viloyatda yoshlar yo‘nalishida olib borayotgan ishlarimizni tanqidiy, tahliliy qayta ko‘rib chiqib, yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni uyushmagan yoshlarga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda faol mexnatga jalb etishga qaratilgan “Vatan kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz”, “Bilim va mehnatimiz bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissamizni qo‘shamiz” kabi maqsadli loyihalarni va tizimli ishlarni amalga oshirishga qaratamiz. Shu bilan birga yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar muammolarini hal etishda quyidagi takliflarni amaliyotga kiritilishini olg‘a suramiz. Birinchidan, uyushmagan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va suhbatlar natijasida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, uyushmagan yoshlarning 20-25 foizi tadbirkorlik faoliyatini boshlashni, qolgan 75-80 foizi esa egallagan kasbi yoki hunari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda ishlashni xohlashadi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan yoshlarning istiqbolli loyihalariga tijorat banklari tomonidan 9 foizdan ortiq bo‘lmagan foizda imtiyozli kreditlar ajratish; Uyushmagan yoshlarni ishga qabul qilgan korxona va tashkilotlarga yagona ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashda uyushmagan yoshlar qismiga imtiyozlar berish. Ikkinchidan, hududlarda uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun joylardagi madaniy, ma’rifiy va sport ob’ektlarini qayta ta’mirlash, yangilarini tashkil etish, bu ob’ektlarga xorijdan olib kirilayotgan jihozlarga bojxona imtiyozlarini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    2062
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP Чиноз туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат рахбари П.Тожиқулов2018-05-02 14:34:02

Туркия рахбарининг Ўзбекистон даги ташрифи мобайнида кўтарилган ўзаро тадбиркорликни ривожлантиришга йўналтирилган 3 млрд доллар миқдоридаги келишув, тарихий шахсларимизни абадийлаштиришга мўлжалланган обидаларни яратиш ҳақидаги битим, туркий тиллар ҳамжамиятига Ўзбекистонни ҳам киритиш ҳақидаги фикрлар ҳаммамизга кўтаринки руҳият бахш этганини эътироф этиш керак.


Fikringizni qoldiring

+