magistranti (Janubiy Koreya): Hamid Kamolov, Sejong universitetining davlat qurilishi yo‘nalishi

26.01.2018, 18:54

Hamid Kamolov
Hamid Kamolov

Sejong universitetining davlat qurilishi yo‘nalishi magistranti (Janubiy Koreya)

– Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini qabul qilish bo‘yicha Prezidentimiz farmonini diqqat bilan o‘qib chiqdim. Har bitta yo‘nalish bo‘yicha o‘nlab yangi g‘oya va rejalarni ko‘rib, to‘g‘risi, nihoyatda hayratga tushdim. Kamdan kam davlatlar qisqa muddatga – bir yilga tuzilayotgan rejalarida bu qadar keng miqyosli vazifalarni qo‘yadi. E’tiborlisi, barcha rejalashtirilayotgan ishlarda xalq manfaatlarining ustuvor bo‘lib o‘tayotganidir. Ayniqsa, har bir hududda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilinayotgani, aholi o‘zini o‘ylantirgan barcha masalalarni ovoragarchiliksiz shu joyning o‘zida hal qila olishi meni nihoyatda o‘ziga tortdi. Bunday ishni o‘z xalqi to‘g‘risida qayg‘uradigan davlatgina amalga oshirishi mumkin.

Janubiy Koreyada o‘qishim davomida aynan shunga yaqin tizimning ancha yillardan beri faoliyat ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘lganman. Uning samarali ishlashi nafaqat turli tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarning talab darajasida bo‘lishi, balki informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning ham yuqori bosqichda bo‘lishini talab qiladi. Demak, bunday markazlarning ochilishi lokomotiv sifatida bir qancha boshqa sohalarning ham rivojlanishi uchun asos yaratadi. Yangidan hayotga tatbiq etilayotgan ilg‘or g‘oyalar jonajon O‘zbekistonimizning qiyofasini tubdan o‘zgartiradi, xalqaro miqyosdagi jozibadorligini kuchaytiradi. Mazkur jarayonda o‘zim ham qo‘ldan kelgancha faol bo‘lishga harakat qilaman.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1457
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+