Davlatimiz rahbarining biz ayollarga bildirgan yuksak e’tibori kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi!

09.03.2018, 17:50

Muhabbat Yuldasheva
Muhabbat Yuldasheva

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

– Davlatimiz rahbarining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi mamlakatning barcha ayollari kabi mening ham qalbimdagi yurtga daxldorlik, ona Vatanga muhabbat, xalq farovonligi uchun qayg‘urish singari ezgu va uyg‘oq tuyg‘ularni yanada to‘lqinlantirib yubordi.

Bugun tadbirkorlik qilaman degan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ishbilarmonlik muhitida allaqachon o‘z o‘rniga ega bo‘lgan safdoshlarimiz uchun berilayotgan imtiyozlar bizni faqat va faqat ilg‘or bo‘lishga, yonib mehnat qilishga, yangiliklarga intilishga undayveradi.

Ayyom munosabati bilan azim poytaxtda tashkil qilingan bayram tantanasida andijonlik fidoyi, faol ayollar safida ishtirok etganim, Prezidentimizning e’tiborlari bilan yuksak mukofotga – “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lganim nafaqat mening, balki O‘zLiDePning jonkuyar xotin-qizlarining xizmatlari uchun berilgan yuqori bahodir.

Davlatimiz rahbari o‘z tabriklarida mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganini g‘urur bilan tilga oldilar. Bu boradagi sa’y-harakatlar faol tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda kasanachilik, tomorqachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratayotgani quvonchli, albatta. Shu o‘rinda men ham mana shunday ezgu ishga o‘zimning munosib va kamtarona hissamni qo‘shayotganligimdan faxrlanaman.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1575
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Javlonbek2018-07-18 10:59:47

Yaxshi inson kop odamga yordami teygan


Fikringizni qoldiring

+