Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida tarixiy voqea

17.03.2018, 18:05

Erkin Xolmatov
Erkin Xolmatov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlik, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni mustahkamlash bo‘yicha qator konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surgan edi. Partiyamiz ham Markaziy Osiyoni barcha mamlakatlar xalqlari manfaatlari yo‘lida qo‘llash zarur bo‘lgan ulkan salohiyatga ega mintaqa deb hisoblaydi. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz va O‘zLiDeP elektorati faoliyati monitoringi ko‘rsatishicha, so‘nggi bir yarim yilda chegaraoldi hududlarda tadbirkorlik faolligi jadallashgani sezilarli tus oldi, bugungi kunda mamlakatlarimizning o‘n minglab fuqarolari har kuni faoliyat yurita boshlagan o‘tkazish punktlari orqali chegaradan o‘tmoqda. E’tiborlisi, ishbilarmon doiralari o‘rtasida raqobat kuchayishi ichki bozorlarda ayrim tovarlarga narxlar pasayishiga olib kelmoqda, ya’ni bu bilan aholining xarid qobiliyati oshmoqda.

O‘zbekiston so‘nggi bir yarim yil mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan turkum uchrashuvlar o‘tkazdi, ular doirasida dolzarb muammolarga amaliy yechimlar topildi, bugungi kunda o‘zaro hamkorlikning prinsipial jihatdan mutlaqo yangi shaklini o‘zida mujassam etgan mustahkam poydevor vazifasini bajaruvchi yangi shartnoma va bitimlar imzolandi.

Mamlakatlararo o‘zaro hamkorlikdan ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyo davlatlari an’anaviy va izchil tarzda mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida integratsiyani chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishni ilgari surmoqda. Do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘prigi vazifasini o‘tashi lozim bo‘lgan davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish borasidagi eng muhim muammolarni hal etish bu ishlarga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP safida biz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvi bu kabi muntazam tadbirlarni o‘tkazishning boshlanishi sifatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni shakllantirishga maydoncha ekanligi borasida qat’iy pozitsiyani qo‘llab-qo‘llatmaymiz. Ayni kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog‘lovchi eng muhim transport arteriyalarini tikladi va modernizatsiya qildi, yangi yer usti va havo yo‘nalishlarini ochdi. Ushbu yangiliklar yuk tashish, avvalambor, tranzit yuklarni tashish xajmi o‘sishiga ko‘maklashmoqda. Alohida ta’kidlash lozimki, aynan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Umuman olganda, O‘zLiDeP Markaziy Osiyo doirasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar yaqin mintaqaviy hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitgan holda o‘zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan degan qat’iy pozitsiyaga ega. Ushbu qadamlar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishi manfaatlariga to‘liq javob beradi, umumiy investitsion jozibadorlik o‘sishiga xizmat qiladi.

Elektoratimiz, mintaqadagi barcha mamlakatlar tadbirkorlari, partiya fikricha, O‘zbekiston rahbarining savdo-iqtisodiy, innovatsion, investitsion, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish zarurligi borasidagi tashabbuslari hayotga tadbiq etilishidan manfaatdor.


  • Ko'rildi
    1798
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+