Mexroj Fayzilov

17.03.2018, 18:06

Mexroj Fayzilov
Mexroj Fayzilov

O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi raisi

So‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha siyosiy irodasi va o‘zaro intilishi tufayli o‘zaro munosabatlarning barcha yo‘nalishlari borasida haqiqatan ham ulkan o‘zgarish va natijalarga erishildi. O‘tgan yilning noyabr oyida Samarqandda BMT sha’feligida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi, u Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirish borasida amaliy qadam bo‘ldi. Ushbu konferensiya doirasida tizimli muloqot asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish masalalari ko‘rib chiqildi, buni mintaqamizning barcha davlatlari qo‘llab-quvvatladi.

Kuni kecha Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammit eng muhim tashabbusning amaldagi ifodasi bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlarining do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorligi zamonaviy tarixida yangi sahifa bo‘ldi. Aslida Ostonadagi sammitni xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi fikrlar almashuvi uchun maydoncha sifatida baholash mumkin.

Partiyamiz nuqtai nazariga ko‘ra, Ostonadagi uchrashuv bu mintaqaviy hamkorlik ustuvorliklarining aniq mexanizmlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish yo‘lidagi dastlabki qadam. Mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida amal qilayotgan erkin savdo tartibining to‘laqonli faoliyat yuritishini, chegaraoldi savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasini intensiv rivojlantirishni ta’minlash hamda mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bilan, Ostonadagi sammitda qayd etilganidek, Markaziy Osiyo mamlakatlari haqiqatan ulkan salohiyatga ega eng yirik mintaqaviy bozorni shakllantirishlari mumkin.

Bu borada Toshkentda birinchi Mintaqaviy iqtisodiy forumni o‘tkazish bo‘yicha tashabbus katta qiziqish uyg‘otmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari biznes-hamjamiyatlari va yetakchi chet el investorlari o‘rtasida aniq loyihalarni ilgari surish uchun bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Jumladan, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan o‘zaro savdo aylanmasi faqat 2017 yil yakunlari bo‘yicha 20 foizga o‘sib, qariyb 3 milliard dollarga yetdi. Bunda o‘zaro savdo xajmini besh milliard dollargacha yetkazishga manfaatdorlik mavjud. Bundan tashqari, ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo mamlakatlarining kuchi umumiy muammolarni birgalikda hal etishga kirishish imkoniyatini yana bir bor ko‘rsatdi. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorligini kengaytirish mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni yaqin 10 yil mobaynida kamida ikki barobarga o‘sishiga olib kelishi mumkin.  


  • Ko'rildi
    1497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Матчанов- O‘zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари 2018-05-15 16:46:26

Фан ва технологиялар бўйича саммитда Ислом ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар ва кузатувчи мамлакатлар, минтақавий ва халқаро ташкилотлар вакилларидан иборат 80 га яқин делегация иштирок этди.


Ш.Қутлумуратов-Тўрткўл туманидаги Тошкент МФЙ қошидаги БПТ раиси2018-05-15 16:07:05

ШҲТ мамлакатлари ўртасидаги транспорт алоқаларининг ривожланишига хизмат қилишини таъкидлади. Саммит якунларига кўра, Остона декларацияси қабул қилинди. Ушбу декларация ШҲТ давлатларинг турли соҳалардаги амалий ҳамкорлигини янада ривожлантириш ва ҳамкорлигини мустаҳкамлашни ҳуқуқий асоси бўлиб хизмат қилади.


Ойбек Хусанов Пахтачи туман Кенгаши депутати2018-05-11 07:22:23

Марказий Осиё мамлакатлари улкан салоҳиятга эга энг йирик минтақавий бозорни шакллантириш ва Марказий Осиё мамлакатларини умумий муаммоларни биргаликда ҳал этишга киришиш учун марказий осиё мамлакатлари биргаликда бир мақсад йўлида бирлашиш орқали эришиши мумкин.


Fikringizni qoldiring

+