“OBOD QISHLOQ” DASTURI qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli harakatning g‘oyaviy asosini yaratdi

06.04.2018, 11:45

Baxtiyor Yakubov
Baxtiyor Yakubov

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi

Prezidentimizning “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi farmoni juda chuqur tahlillarga asoslanganligi, mavjud holatning ochiq ko‘rsatilishi va shu asosda aniq tadbirlarning belgilanishi bilan ajralib turadi. Haqiqatan ham, o‘z oldiga dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylanish maqsadini qo‘yib, zamonaviy iqtisodiyotni, ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish yo‘lidan borayotgan davlat uchun aholisining qariyb yarmi istiqomat qiladigan, qolaversa, mamlakat moddiy boyligining salmoqli qismini yaratayotgan qishloq hududlarining taraqqiyotning magistral yo‘lidan chetda qolib ketishi, bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydigan bir sharoitda yashashi tushunish qiyin bo‘lgan vaziyat edi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Ushbu jiddiy masalaga shaxsan yurtboshimiz tashabbusi bilan oshkora e’tibor qaratilganligi mavjud muammolarni ko‘tarish va ularni hal qilish borasida davlatimiz qanday qadamlarga tayyorligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi. Ta’kidlash lozim, qabul qilingan farmon doirasida ko‘tarilgan va o‘z yechimini kutayotgan masalalar qaysidir bir hudud, tuman yoki qishloq emas, balki butun mamlakatimizni qamrab olgan tizimli asosga egaligi bilan ahamiyatli. Ijro doirasida amalga oshiriladigan ishlar qishloqlarimiz, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan millionlab vatandoshlarimiz taqdiriga daxldor.

Abgor ahvolga kelgan aholi maskanlari, og‘ir sharoitlarda kun kechirayotgan oilalar, yaroqsiz holga kelib qolgan uy-joylar, moddiy imkoniyati cheklangan fuqarolarni qiynayotgan, ya’ni yillar, o‘nyilliklar davomida yig‘ilgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko‘tarish, nafaqat ko‘tarish, balki ularni hal etishning aniq manzilli rejalari, manbalarini o‘zida aks ettirgan “Obod qishloq” dasturini e’lon qilish bo‘yicha Prezidentimiz farmoni, albatta, mamlakatimiz tarixida katta voqea bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining, hukumatimizning aholini o‘ylantirayotgan, kerak bo‘lsa, yechimi topilishiga ishonchi qolmagan masalalarni hal qilishga qo‘rqmasdan bel bog‘lab o‘rtaga chiqishga tayyorligini namoyon qildi. 

Farmonning ahamiyatli jihatlaridan yana biri shundaki, unda belgilangan vazifalarning hayotga joriy etilishi nafaqat qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartiradi, balki ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bu televizorda ko‘rsatiladigan chiroyli tasvirlar emas, balki o‘zlarining hayotiga daxldor real ijobiy o‘zgarishlar ekanligiga ishonchini mustahkamlaydi. Xalqning islohotlarga, davlat siyosatiga bo‘lgan bunday ishonchi esa juda katta kuch ekanligi, ertaga unga tayanib yurtimiz har bir sohada ulkan qadamlarni olg‘a tashlashi mumkinligi to‘g‘risida gapirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak.

Farmon va uning sharhida bu borada qilinadigan ishlar ko‘lami juda aniq va lo‘nda qilib belgilab berilgan. Biz mazkur hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan dolzarb vazifalarni yana takrorlab o‘tirishimiz ortiqcha, albatta.

Bir narsa aniqki,  “Obod qishloq” dasturi mazmun-mohiyatida barcha befarq bo‘lmagan kuchlarnibunyodkorlik ishlariga undovchi mobilizatsion kuch mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu kuch boshlangan ishlarni qishloqlarimiz hayotini tubdan o‘zgartiruvchi umummilliy harakatgaaylantirishiga hech qanday shubha yo‘q.

Shunday bir sharoitda nafaqat hukumat, ijro hokimiyati organlari, balki butun fuqarolik jamiyati institutlari, birinchi navbatda, siyosiy partiyalar ushbu, nafaqat qishloqlarimiz, balki yurtimizning qiyofasini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan miqyosi keng harakatdan chetda turishi mumkin emas deb hisoblaymiz. Ayniqsa, O‘zLiDeP uchun, uning barcha darajadagi bo‘g‘inlari uchun ushbu harakat doirasida faol ishtirok etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanishi kerak.

Shuning uchun ham ushbu dastur doirasida ilk ishlar boshlangan – Jizzaxning Do‘stlik tumanidagi “Manas” QFYda ishlar boshlanishi bilanoq partiya bu harakatga faol tarzda qo‘shildi. Aksariyatini faol tadbirkorlar tashkil qiluvchi partiyamiz a’zolari, mahalliy kengashlardagi partiyadan saylangan deputatlar, “Yoshlar qanoti”miz bir necha hafta davomida tinimsiz ish olib bordi. Sa’y-harakatlarimiz natijalari to‘g‘risida “XXI asr” gazetasining avvalgi sonlarida materiallar chop etildi.

Eng asosiysi, Manasdagi amaliy harakatlarimiz bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari, siyosiy partiyalar ham bunday bunyodkorlik ishlarida munosib ishtirok etishga yetarli kuch va imkoniyatlarga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatdi.

Shu bois Prezidentimizning farmoni qabul qilinishi bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiyaqo‘mitasi hududiy kengashlar tashabbusini qo‘llagan holda “Obod qishloq” loyihasi doirasida“O‘zLiDePning obod ko‘chalari” aksiyasini e’lon qilishga qaror qildi! Loyiha doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida belgilab olingan ko‘chalarni obod etish partiya viloyat kengashlari o‘z zimmasiga oldi.

Maqsadimiz har bir hududda partiyamiz faollari, birinchi navbatda, yurt ertasiga befarq bo‘lmagan tadbirkorlarni jalb qilgan holda belgilab olingan ko‘chalarda xonadonma-xonadon yurib, o‘rganib chiqish, muammolarni aniqlash va hal etish choralarini ko‘rish, ko‘chalarni obod qilib, bugungi kun talablariga javob beradigan qiyofaga kiritish, ma’naviy muhitni tahlil etib, aholini o‘ylantirgan masalalarga javob topish borasida barcha zarur ishlarni amalga oshirish yuzasidan javobgarlikni o‘ziga oldi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada ishlar allaqachon boshlab yuborildi. Bu esa butun xalqimizni bunyodkorlik ishlariga yo‘naltirgan, olijanob maqsadlarni ko‘zlagan “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi muhtaram Prezidentimiz farmoniga O‘zLiDeP faollarining munosib javobidir!.

Hozirgi kunda dastur doirasida amalga oshiradigan bir qator bundan-da ko‘lamliroq ishlar rejalashtirilmoqda. Ular ham yurtimiz obodligini, xalqimiz farovonligini ta’minlashga partiyamizning hissasi bo‘lib qo‘shilishiga ishonamiz.


  • Ko'rildi
    1984
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олимжон Тўхтаназаров2018-06-08 17:45:43

Наманган вилояти Поп тумани "Ғурумсарой" қишлоғи ҳам "Обод қишлоқ" Дастурига тушган бўлиб, ҳозирги кунда тайёрлов ишлари олиб борилмоқда. Бизнинг таклифимиз шундан иборатки, фақат Ғурумсарой маҳалла фуқаролар йиғинига қарашли жойлар обод қилиниши мумкин дейилмоқда. Менинг таклифим шуки Ғурумсарой қишлоғини юзи бўлган Дўстлик кўчаси ҳам қайтадан таъмирланиши керак. Чунки, Ғурумсаройни ички бу йўлидан суткасига 7300 та автотранспорт ҳаракатланади. Бир неча бор "Автойўл" АКга мурожаат қилдтк афсуски, бу маммо ечилмади. "Обод қишлоқ" дастури амалга ошиши учун Дўстлик кўчаси асфальт қилиниши керак. Халқимиз хам қўлидан келганча ёрдам берадилар. Олимжон Тўхтаназаров Халқ депутатлари Наманган вилоят Кенгаши депутати


Ф.Эназаров Сўх туман Кенгаши депутати2018-06-04 14:38:17

“Обод кишлок” дастури доирасида 2018 йилда амалга ошириладиган курилиш ва ободонлаштириш ишларининг молиявий курсаткичларини назорат қилишимиз лозимдеб уйлайман.


Ф.Эназаров Сўх туман Кенгаши депутати2018-06-04 14:38:17

“Обод кишлок” дастури доирасида 2018 йилда амалга ошириладиган курилиш ва ободонлаштириш ишларининг молиявий курсаткичларини назорат қилишимиз лозимдеб уйлайман.


Г.Аҳмаджонова Сўх туменгаши депутати 2018-06-04 14:34:21

“Обод кишлок” дастури амалга ошириш учун туман ва шахар хокимликлари хузурида ташкил этиладиган махсус штабларни ташкил қилиниши алббатта одамни қувонтиради. дастур туфайли қишлоғимиз обод булишидан албатта мамнунмиз. Президентимизга раҳмат.


Марғилон шаҳар "Марғилон махсус транс" МЧЖ БПТ аъзоси2018-06-01 09:40:03

"Обод қишлоқ" Дастури бўйича партиямиз ҳам бу борада ўзининг хиссасини қўшиши зарур, деб ҳисоблаймиз.


Сафаров Фаррух Қарши шахар Кенгаши 2018-05-31 10:11:51

“Обод қишлоқ” дастури Президентимиз ташаббуслари билан чекка-чекка қишлоқларидахам кенг куламли ишлар олиб борилмоқда. O‘zLiDePнинг обод кўчалари” акцияси доирасида партия ҳодимлари ва фаоллари чекка қишлоқларга бориб ушбу ишларда фаол иштирок этмоқда. Қишлоқларимиз обод бўлиб шаҳар қиёфасига кирмоқда.


Ж.Мавлонов O'zLiDeP Когон шаҳар Кенгаши ДГ гуруҳ ичрочи котиби2018-05-26 07:56:28

Юртимизда кундан кунга ободонлаштириш ишлари жадаллик билан амалга оширилмоқда. Айниқса олдин кузатилмаган ҳолат, чекка ҳудудларга ҳам этибор берилаётгани одамни қувонтиради. Манас қишлоғи мисолида юртимиз қишлоқларида ҳам шароит шаҳарлардагидек бўлиши мумкинлигига ишона бошладик.


С.Машарипова Хива шахар аппарат рахбари2018-05-24 22:10:27

Халкимизнинг фаровонлиги, юртимиз ободлиги, тинчлиги,равнаки ва гуллаб - яшнаши учун килинаётган ишлар айникса" Обод кишлок" дастури буйича кишлок жойларда кад кутараётган замонавий ва куркам , файзли уйларни куриб кишининг бахри дили очилади.


А.Ўрмонова Тошлоқ тумани Кенгаши аппарат рахбари2018-05-24 16:01:23

2018 йил 18 май куни “Обод қишлоқ” дастури доирасида Тошлоқ тумани, Қумқишлоқ маҳалла фуқаролар йиғинида “O`zLiDePнинг обод кўчаси” акцияси бўлиб ўтди. Акцияси доирасида қумқишлоқ маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомот қилувчи аҳоли учун муҳим бўлган қатор тадбирлар режалаштирилди ва ўтказилди. Мазкур тадбирлар “Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 мартаги “Обод қишлоқ” дастури тўғрисида”ги Фармони ижросини таъминлаш, қишлоқ аҳоли пунктларининг меъморий қиёфасини тубдан янгилаш, ҳудудларни комплекс ривожлантириш, йўл-транспорт инфратузилмаси, муҳундислик-коммуникация тармоқлари ва ижтимоий соҳа объектларини барпо этиш ҳамда шу асосда аҳолининг турмуш маданиятини юксалтириш мақсадида” партиянинг амалга ошираётган режаларидан биридир. Дастлаб акция иштирокчилари кутиб олинди. Қумқишлоқ маҳалла фуқаролар йиғинида “O`zLiDePнинг обод кўчаси” акцияси доирасида кўчаларни ободонлаштириш хашари уюштирилди.


Яшнобод туман Кенгаши раиси С.Насретдинов2018-05-21 17:00:07

Дарҳақиқат, бугунги кун талабларига жавоб берадиган шароитлар яратиш орқали қишлоқ ҳудудлари тараққиётини ошириш каби жуда актуал масала кўтарилган. Муҳтарам Президентимиз ташаббусларини ҳеч бир киши эътибордан четда қолдиришга ҳақли эмас. Шу жумладан, O`zLideP Сиёсий Кенгаши Яшнобод тумани раиси томонидан ҳам “Обод қишлоқ” дастури тўғрисида”ги фармон ижросини таъминлаш бўйича Жиззах вилоятининг Мирзачўл тумани, Ўзбекистон кўчасида жойлашган кўп қаватли 36-сонли уйнинг ҳолати ўрганиб чиқилиб, тўлиқ таъмирлаш ишлари бошлаб юборилди.


Fikringizni qoldiring

+