O‘zbekiston-Turkmaniston: strategik sheriklikning yangi bosqichi

26.04.2018, 09:38

Gavharoy TO‘XTASINOVA
Gavharoy TO‘XTASINOVA

Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati

Xabaringiz bor, ayni paytda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

O‘zaro muloqotlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, tashrif doirasida ikki mamlakat yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 

Albatta savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida so‘z ketganda, bu boradagi hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi ko‘rinadi. Chunki, O‘zbekistonda ham Turkmanistonda ham energiya manbalarining yirik konlari mavjud ekanini, neft-gaz sanoati jadal rivojlanib, xorijiy sarmoyadorlar bilan sheriklik aloqalari ko‘lami kengayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur tashrif bu borada yangi ufqlarni ochishiga shubha yo‘q.

Qolaversa, har ikki mamlakat uglevodorod resurslariga boy hisoblanadi. Ularni eksport qilish hamjihatlikda harakat qilishni talab etadi. Ana shunday yaqin hamkorlik mamlakatlarimiz uchun energetika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va jahon bozorlariga chiqish borasida keng imkoniyatlar yaratadi. Bu loyihalar to‘g‘risida gap ketganda, yiliga 25 milliard kub metr gaz o‘tkazadigan Turkmaniston – O‘zbekiston –Qozog‘iston – Xitoy quvurini alohida ta’kidlash joiz. Bunday loyihalar negizida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va gumanitar manfaatlar ham mujassam, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Negaki, quvur tevaragida infratuzilma barpo etilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Asosiysi,  mazkur quvurlar mamlakatlarimizning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida xorijiy davlatga ilk tashrifini 2017 yil mart oyida Turkmanistonga amalga oshirganini yaxshi bilamiz. O‘shanda ikki mamlakat rahbarlari hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytirish, hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini rivojlantirishga kelishib olgan edilar. Shundan so‘ng ko‘plab sohalar qatori turizm bo‘yicha aloqalar ham yangi bosqichga chiqdi, desak adashmaymiz. Ikki tomonlama sayyoh almashuvini rivojlantirish, boshqa davlatlardan sayyoh jalb etishni oshirish bo‘yicha hamkorlik borgan sari mutahkamlanib bormoqda. Ayni paytda Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan  bitimlar juda yaxshi samara berayapti. Hisob-kitoblarga qaraganda, birgina o‘tgan yili Xorazmga to‘rt mingdan ziyod turkmanistonlik sayyohlar tashrif buyurgani bu boradagi fikrimiz naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.

Bugun 23 aprel kuni ikki mamlakat rahbarlarining chegaradosh Xorazm viloyatiga tashrifi kutilmoqda. Ishonchimiz komilki, ushbu tashrif nafaqat ushbu ikki viloyat balki boshqa hududlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tarixiy tashrif va unda ko‘rib chiqiladigan masalalar partiyamiz uchun ham nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida partiya xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv va jahon bozorlarida mahalliy mahsulotlar ulushini  kengaytirish uchun maqbul sharoitlarni yaratish tarafdoridir. Eksportni oshirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini ta’minlash iqtisodiy sohadagi dasturimizning eng muhim qismi hisoblanadi. Shu ma’noda biz ikki mamlakat o‘rtasida muntazamlik kasb etib borayotgan oliy darajadagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ko‘pchilikka yaxshi ma’lum, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida O‘zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan edi. Turkmaniston Prezidentining mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini amaliy tasdig‘i, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Turkmaniston Prezidentining yurtimizga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichini boshlab bergan tashrif sifatida tarix sahifalariga muhrlanadi.


  • Ko'rildi
    1490
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Холиков- O`zLiDeP Тўрткўл тумани ижрочи котиби2018-05-15 17:04:37

Ўзаро мулоқотлар давомида сиёсий, савдо-иқтисодий, инвестициявий, транспорт-коммуникация, таълим ва спорт соҳаларида икки томонлама ҳамкорликни янада мустаҳкамлашга қаратилган салмоқли ҳужжатлар тўплами имзоланди.


Юлдаш Маткаримов-O`zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-15 15:34:43

Ўзбекистон Республикаси билан Туркманистон ўртасидаги Стратегик шериклик тўғрисидаги шартнома»ни ратификация қилди. Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 6 мартида Туркманистонга давлат ташрифи давомида имзоланганди. Бу хамкорлик икки томон учун хам кулай ва манфаатли эканлиги кўриниб турибди.


Юлдаш Маткаримов-O`zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-15 15:34:43

Ўзбекистон Республикаси билан Туркманистон ўртасидаги Стратегик шериклик тўғрисидаги шартнома»ни ратификация қилди. Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 6 мартида Туркманистонга давлат ташрифи давомида имзоланганди. Бу хамкорлик икки томон учун хам кулай ва манфаатли эканлиги кўриниб турибди.


Сапарбай Рахимов O`zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши раиси2018-05-15 14:20:35

Ўзбек ва туркман халқлари ўртасидаги азалий дўстлик, аҳиллик, қалб ва маданият яқинлиги мамлакатларимиз ўртасидаги ҳамкорлик ривожига асос бўлаётганидан беҳад қувончдаман.


Сапарбай Рахимов O`zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши раиси2018-05-15 14:20:35

Ўзбек ва туркман халқлари ўртасидаги азалий дўстлик, аҳиллик, қалб ва маданият яқинлиги мамлакатларимиз ўртасидаги ҳамкорлик ривожига асос бўлаётганидан беҳад қувончдаман.


Тошлоқ туман Терактаги мфй бпт 2018-04-30 14:40:54

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев ўзининг сайловолди дастурида, Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш маросимидаги нутқида Ўзбекистон барча давлатлар, биринчи навбатда, қўшни мамлакатлар билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик қилишини баён этган эди. Туркманистон Президентининг мазкур давлат ташрифи Ўзбекистон ташқи сиёсатда яхши қўшничилик муносабатларига алоҳида аҳамият қаратаётганини амалий тасдиғи, десак сира муболаға бўлмайди. албатта фермер ва тадбиркорларимизга экпорт учун катта имкониятлар очиб бериляпти. Юртимиз равнақи учун хизмат қилади.


Ёшлик ТШ Кенгаши аппарат рахбари Н.Закирова2018-04-27 16:26:24

Хамкорлик доим яхши натижаларни беришини биз амалда куриб келмокдамиз.Уйлаймизки бу сафар хам икки давлат уртасидагидаги хамжихатлик сиёсий иктисодий ва маънавий алокаларни янада ривожланишига олиб келади.


Артиков Набижон2018-04-27 08:51:36

савдо-иқтисодий ҳамкорлик ҳақида сўз кетганда, бу борадаги ҳамкорлик икки томон учун ҳам манфаатли эканлиги кўринади


Fikringizni qoldiring

+