Imtiyozlar faqat qonun yoki Prezident hujjati asosida beriladi

09.06.2018, 13:13

Alisher Ro'ziyev
Alisher Ro'ziyev

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi

Davlatimiz rahbarining “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq endilikda soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va Prezident hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun taqdim etiladi. Ular aniq maqsadga ega bo‘lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta’minlashi zarur. Vaqtinchalik imtiyozlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Mamlakatimizning xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo‘lganda yoxud xalqaro shartnomalarga muvofiq beriladi. Bu haqda ham Prezident hujjati chiqariladi.

Shuningdek, bojxona imtiyozlari bo‘yicha ham yangi tartib joriy etilmoqda. Xususan, imtiyozlar berishga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish bekor qilinadi. Endi bunday ro‘yxatlar va ularga tuzatishlar, imtiyozlar berish to‘g‘risida qonun yoki Prezidentning hujjati mavjud bo‘lgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi. Shakllantirilgan ro‘yxatlar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” tomonidan tekshiriladi. Uning ijobiy xulosasi ro‘yxatdagi tovarlarni bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilish huquqini beradi.

Umuman olganda, mazkur qaror bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, faol tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, insofli raqobat prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.


  • Ko'rildi
    1450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев 2018-06-25 19:09:54

“Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори партиямиз электоратлари бўлган тадбиркорларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Хўжаназаров Шухрат Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-21 08:37:09

Давлатимиз раҳбарининг “Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори партиямиз электоратлари бўлган тадбиркорларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари А.Тиркашов2018-06-13 11:18:22

Давлатимиз раҳбарининг “Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тадбиркорликни янада ривожланишига йул очади.


Шухрат Рахмонов Узун туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-13 09:58:21

Президентимизнинг имзолаган мазкур қарорлари бозорда соғлом рақобат муҳитини шакллантириш,фаол тадбиркорлик ривожланишини ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+