Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilmoqda?

13.06.2018, 09:27

Akbar Muzaffarov
Akbar Muzaffarov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yilning 11 iyun kuni imzolangan “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muvofiq joriy yilning 1 avgustidan boshlab:

 – alohida toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga davlat mulki ob’ektlarini “nol” qiymatda sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolarida bitim tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi;

– davlat mulki ob’ekti uchun ijara to‘lovini eng kam ijara to‘lovi stavkasini 50 foizi miqdorida to‘lash;

– aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun – uch oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha muddatga, asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun – olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda. E’tiborga molik jihati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun kompensatsiya hamda majburiyatlar ta’minoti yuzasidan kafillik beradi.

O`zLiDePning bu boradagi dasturiy maqsad vazifalaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mazkur qaror aholining ehtiyojmand qatlamlarini, nafaqaxo‘rlar, ayniqsa nogironlarni aniq yo‘naltirilgan himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning amaliy tizimini shakllantirish, nogironlar o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydigan zarur shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlamini, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Oldimizda qarorning shu va boshqa  jihatlarini, umuman olganda, uning mazmun-mohiyatini aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish vazifasi turibdi. Negaki, bu yo‘nalishda tadbirkorlar va aholini qiziqtirgan, o‘ylantirayotgan savollar, muammolar yo‘q emas.  

Qarorda shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar zimmasiga qator vazifalar yuklandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni chuqur o‘rganish asosida ijtimoiy tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash topshirildi.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati korxonalariga tegishli ishlab chiqarish ob’ektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 


  • Ko'rildi
    1581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асилабону Султонова Қашқадарё вилояти2018-06-18 15:51:46

Мухтарам Президентимизнинг “Аҳолининг ижтимоий заиф қатлами бандлигини таъминлашни рағбатлантиришнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги ушбу Қарори бу мамлакатимизда олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг ёрқин намунасидир.


Олимжон Мовланов2018-06-18 13:22:23

"Ногиронлиги бўлган шахслар" деб юритилади энди


Fikringizni qoldiring

+