Yoshlar - ShHT diqqat markazida

13.06.2018, 09:33

Sardor Maripov
Sardor Maripov

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” vakili

Ma’lumki, Shanxay hamkorlik tashkiloti nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, u ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylangan. Tashkilot xavfsiz va barqaror kelajakni maqsad qilgan, shu bois yoshlar masalasiga jiddiy e’tiborni ta’minlash muhim, chunki O‘zbekistonda ular aholining 60 foizdan ziyodini tashkil etadi.

O‘zLiDeP nuqtai nazariga ko‘ra, Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi majlisi muhim yakunlaridan biri bu – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHT davlatlari rahbarlarining Qo‘shma murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturini qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlanganidir. Bunda ushbu Dasturni amalga oshirish bo‘yicha alohida mas’uliyat ShHT Yoshlar kengashi zimmasiga yuklanadi, O‘zbekiston esa uning faoliyatida keng ko‘lamda ishtirok etadi. ShHT mamlakatlari BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani ishlab chiqishi va qabul qilinishini ilgari surishi bu boradagi ishlarning muhim natijalaridan biri bo‘lishi kerak.

O‘zLiDeP O‘zbekistonning ShHTdagi mazkur tashabbusini yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish borasidagi navbatdagi qadam sifatida qabul qiladi. Afsuski, yoshlar bugun  turli buzg‘unchi va terroristik kuchlar uchun ob’ekt bo‘lib qolib, ular o‘z usullari orqali yigit-qizlarning hali shakllanmagan ongiga ta’sir ko‘rsatgan holda o‘zining jaholat girdobiga tortib ketish maqsadini ko‘zda tutadi. Partiyamiz ShHT doirasidagi davlatlararo hamkorlikda yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan ular zamonaviy bilimlar olishi uchun sharoitlar yaratish, mamlakatlar o‘rtasida millatlararo va madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlash orqali himoya qilish uchun muhim mexanizmni ko‘radi.

O‘z navbatida, O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” mustaqil fikrlovchi, zamonaviy bilimlar va kasblarni egallagan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yigit-qizlar qalbida o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi. Ishonchimiz komilki, mazkur vazifalar barcha ShHTga a’zo mamlakatlar g‘oyalariga hamohangdir.

Bularning barchasi bugungi globallashuv sharoitida nafaqat yoshlarni ekstremistik va terroristik oqimlar, jinoyatchilik, giyohvandlik kabi illatlarga jalb qilishga, balki “ommaviy madaniyat”, boqimandalik kayfiyati, odob-ahloq qoidalarini buzish kabi yangi tahdidlarga qarshi mustahkam qalqon bo‘ladi.

Umuman olganda, ShHTda yoshlar mavzusi, partiya fikricha, davlatlararo muloqotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘z navbatida, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, yoshlarni eng zamonaviy bilimlarga oshno etish samarali tizimini yaratish masalalariga e’tibor qaratish lozim. Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlar yosh avlodi vakillari o‘rtasida turli sohalarda har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Tashkilot ekstremizm va terrorizmning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan yoshlar tashkilotlari o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.


  • Ko'rildi
    1478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев2018-06-22 12:14:19

Афсуски, ёшлар бугун турли бузғунчи ва террористик кучлар учун объект бўлиб қолиб, улар ўз усуллари орқали йигит-қизларнинг ҳали шаклланмаган онгига таъсир кўрсатган ҳолда ўзининг жаҳолат гирдобига тортиб кетиш мақсадини кўзда тутади. Умуман олганда, ШҲТда ёшлар мавзуси, партия фикрича, давлатлараро мулоқотнинг устувор йўналишларидан бири сифатида кўриб чиқилиши мумкин. Ўз навбатида, таълим ва маориф тизимини такомиллаштириш, ёшларни энг замонавий билимларга ошно этиш самарали тизимини яратиш масалаларига эътибор қаратиш лозим.


Дониёр2018-06-20 19:43:34

Бизнинг юртимизда одам хукукларини, (айникса еш болаларнинг ва аелларнинг хукуклари) бузилиши хар куни руй беради. Уззлидеп Умумжахон инсон декларацияси принципларига (всемирная декларация прав человека) янада купрок этибор берса максадга мувофик булар эди


А.Ўрмонова Тошлоқ тумани Кенгаши аппарат рахбари2018-06-13 09:46:15

O‘zLiDeP Ўзбекистоннинг ШҲТдаги мазкур ташаббусини ёш авлодда терроризм ва экстремизм мафкурасига қарши барқарор иммунитетни шакллантириш борасидаги навбатдаги қадам сифатида қабул қилади. Афсуски, ёшлар бугун турли бузғунчи ва террористик кучлар учун объект бўлиб қолиб, улар ўз усуллари орқали йигит-қизларнинг ҳали шаклланмаган онгига таъсир кўрсатган ҳолда ўзининг жаҳолат гирдобига тортиб кетиш мақсадини кўзда тутади. Умуман олганда, ШҲТда ёшлар мавзуси, партия фикрича, давлатлараро мулоқотнинг устувор йўналишларидан бири сифатида кўриб чиқилиши мумкин. Ўз навбатида, таълим ва маориф тизимини такомиллаштириш, ёшларни энг замонавий билимларга ошно этиш самарали тизимини яратиш масалаларига эътибор қаратиш лозим. Шанхай ҳамкорлик ташкилоти аъзо давлатлар ёш авлоди вакиллари ўртасида турли соҳаларда ҳар томонлама ҳамкорликни кенгайтиришга қаратилган.Бунда ушбу Дастурни амалга ошириш бўйича алоҳида масъулият ШҲТ Ёшлар кенгаши зиммасига юкланади.Экстремизм ва терроризмнинг турли кўринишларига қарши курашга тайёр бўлган ёшлар ташкилотлари ўртасида мулоқотни йўлга қўйишга мумкин.


Fikringizni qoldiring

+