Prezidentimiz ishonchi biz fermerlarga yanada katta kuch-g‘ayrat bag‘ishladi

29.06.2018, 11:12

Lola Murotova
Lola Murotova

Farg‘ona viloyat Kengashi deputati, Oltiariq tumani “Nurli Obod” fermer xo‘jaligi rahbari

Davlatimiz rahbari rahnamoligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, meva-sabzavot eksporti hajmini yanada oshirishga keng imkon yaratmoqda. Farg‘onada bog‘dorchilik, sabzavotchilik borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Sohaga ilg‘or texnologiya va tajribalar tatbiq etilayotgani sifat va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.  

Viloyat mirishkorlari bog‘ ko‘chat oralariga, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga sabzavot va poliz ekinlarini ekish hadisini olgan. 300 gektarga yaqin maydonda dehqonchilik qilamiz. Qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan imkoniyatlar, fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari, mablag‘ va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilayotgani natijasida joriy yilda 150 gektarga g‘alla, 128 gektarga esa paxta ekdik. Yaqin kunlarda g‘alladan bo‘shaydigan yerlarga sabzavot va poliz ekinlari ekishni mo‘ljallayapmiz.

Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi esa bu boradagi ishlarni yanada tezlashtirdi, barcha farg‘onaliklarga yangi kuch, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, Prezidentimizning viloyatda paxta va g‘alladan olinadigan hosilni ko‘paytirish va takroriy ekin ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishish va paxta dalasini, g‘alla o‘rim-yig‘imining borishini ko‘zdan kechirish maqsadida dehqon va fermerlar bilan o‘tkazgan samimiy muloqotlari ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada  oshirdi. 

Nega desangiz, yurtboshimiz tashrifi davomida fermerlar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi, istiqbolimiz uchun zarur tavsiyalar berdi. Xususan, hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, mamlakatimiz iqtisodiyotini, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan mana shunday ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Ochig‘i, Prezidentimiz ishonchi biz fermerlarga yanada katta kuch-g‘ayrat bag‘ishladi, barcha fermerlar qalbida ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Endi bildirilgan ishonchni oqlash maqsadida fermerlik faoliyatimga yangiliklar kiritgan holda boshqa turdagi meva va sabzavotlarni yetishtirib nafaqat ichki bozorga balki xorijga ham eksport qilishni o‘z oldimga maqsad qilib oldim. Chunki yurtboshimiz Oltiariq tumanidagi uchrashuv chog‘ida fermerlik sohasida katta ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘ta muhim vazifalarni belgilab berdi. Shunday ekan, bu ishonchni oqlash, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solib, astoydil mehnat qilishimiz darkor.    


  • Ko'rildi
    1634
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мамадолимов Икромжон ЎзЛиДеП Олтиариқ туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-30 09:38:49

Қумлоқ ерни тупроққа айлантирган Лола Муротова каби фермерлар бор экан хаётимиз фаровон, дастурхонимиз тўкин-сочин бўлади.


Fikringizni qoldiring

+