Deputatlarimiz qancha mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va jonkuyar bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz

To‘rabek NAZAROV
To‘rabek NAZAROV

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari

Joriy yilning 29 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tumanning yangi markazi – “Olmazor city”ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari loyiha taklifini ma’qulladi.

Muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar bergan edi. Davlatimiz rahbari ushbu fabrikaga ham tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. 

Ta’kidlash joiz, bu yerda “NBU Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. “Toys City”, “O`yinchoqlar Fabrikasi”, “Funny Kids World”, “National Products” va “United Nation company” kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib ko‘rdi. Jamiyat a’zolari bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari, sohadagi kamchiliklarni so‘radi. Kar-soqov bolalarni o‘qituvchi mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratdi. 

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston karlar jamiyati hududida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Muloqot chog‘ida Prezidentimiz ushbu korxonada mehnat qilayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Prezidentimizning Olmazor tumanidagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish O‘zLiDeP hududiy Kengashlari va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhlari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Deputatlarimiz qanchalik mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va jonkuyar bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz. Shunday ekan har bir deputat o‘zi saylangan xududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishda mas’uliyat bilan ish olib borishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, joylardagi aniqlangan muammolarning yechimini topish, mansabdor shaxslar hisobotini eshitish, mahalliy budjetini shakllantirish va ijrosini ta’minlash, joylarda qulay investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaratish va boshqa dolzarb masalalar ustidan nazorat o‘rnatish ishlarida faollik ko‘rsatishi lozim.

To‘rabek NAZAROV

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-06 23:13:18

Муаммоларнинг ечимини топиш, мансабдор шахслар ҳисоботини эшитиш, маҳаллий бюджетини шакллантириш ва ижросини таъминлаш, жойларда қулай инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини яратиш ва бошқа долзарб масалалар устидан назорат ўрнатишда Халк депутатлари шахар, туман Кенгашлардаги партия депутатлик гурухи аьзоларини урни катта.


Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-06 23:13:16

Муаммоларнинг ечимини топиш, мансабдор шахслар ҳисоботини эшитиш, маҳаллий бюджетини шакллантириш ва ижросини таъминлаш, жойларда қулай инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини яратиш ва бошқа долзарб масалалар устидан назорат ўрнатишда Халк депутатлари шахар, туман Кенгашлардаги партия депутатлик гурухи аьзоларини урни катта.


Fikringizni qoldiring

+