Toshkentda yana bir yangi universitet ochiladi

03.07.2018, 14:47

Kongratbay Sharipov
Kongratbay Sharipov

Turin Politexnika universiteti rektori, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur universitet umume’tirof etilgan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish, mamlakatning maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘p yillar davomida yetishmay kelayotgan pedagog va tarbiyachilar o‘rnini to‘ldirish, innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Universitetning asosiy vazifalari 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Ahamiyatga molik jihati 2021 yilning 1 iyuligacha universitet barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;

 – universitetning jalb etiladigan xorijlik xodimlari – yagona ijtimoiy to‘lovni va jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lashdan;

– Puchon universiteti O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham to‘lov manbaidan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan;

– universitetni jihozlash va faoliyatini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va tashkiliy texnikalar, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyot, multimedia mahsuloti, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi.

Aytish joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan ushbu qaror taraqqiyotimiz dasturilamaliga aylangan Harakatlar stretegiyasida nazarda tutilgan, ya’ni ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash borasidagi vazifalarni hayotda o‘zining amaliy tasdig‘ini topayotganidan dalolatdir.

Bizningcha, ta’lim tizimida olib borilayotan bu kabi hayotiy islohotlar mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga, mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyatni barpo etish bilan bog‘liq murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini tayyorlashga, qolaversa, oliy ma’lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.


  • Ko'rildi
    1649
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

«Inobot Savdo» МЧЖ БПТ Мирзо улуғбек туман2018-07-12 17:18:28

Яна бир имконят


Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi a'zosi Sherbek Ramazonov2018-07-11 10:37:00

Juda ham ahamiyati katta bo'lgan yangilik. Bu Universitetning tashkil etilishi yurtimizda ta'lim sifatini yaxshilash bilan birga mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar ko'payishi va yurtimizning jahon hamjamiyatiga ilmiy jihatdan integratsiyalashuvini ta'minlaydi...


Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-10 10:52:53

Тошкент шаҳрида Пучон университетининг ташкил этилиши ҳамда таълим тизимида малакали кадрларни тайёрлашга йўналтирилганлиги, 2021 йилнинг 1 июлигача университет барча турдаги солиқлардан озод этилганлиги, мақсадли давлат жамғармаларига мажбурий ажратмалардан озод этилганлиги мамлакатимизнинг ривожланиши йўлида яна бир янги қадам бўлганлиги билан эътиборлидир. Таълим тизимида олиб борилаётан бу каби ҳаётий ислоҳотлар мамлакатимизда таълим сифатини оширишга, мамлакатни модернизация қилиш ҳамда замонавий жамиятни барпо этиш билан боғлиқ вазифаларни ҳал этишга қодир бўлган кадрларнинг янги авлодини тайёрлашга замин яратади.


Замира Сафарова-Халқ депутатлари Бухоро вилоят Кенгаши депутати, "Ғиждувон Машҳураси" х/к раҳбари, БПТ раиси2018-07-04 16:31:31

Мамлакатимиз пойтахти Тошкент шаҳрида Пучон университетининг ташкил этилиши ва унинг айнан таълим тизимида малакали кадрларни тайёрлашга йўналтирилганлиги, иккинчи жиҳатдан 2021 йилнинг 1 июлигача университет барча турдаги солиқларни тўлашдан ва мақсадли давлат жамғармаларига мажбурий ажратмалардан озод этилганлиги жонажон Ватанимизнинг янада ривожланишига янги қадам бўлганлигини барча корхонамиз ходимлари ва ЎзЛиДеП БПТ аъзолари билан эъроф этамиз.


Норпўлатова Маърифат-Ғиждувон туман мактабгача таълим бўлими бошлиғи ўринбосари, ЎзЛиДеП БПТ раиси2018-07-04 16:20:31

Президентимиз қарорлари билан ташкил этилган бу Университет мамлакатимизнинг мактабгача таълим муассасаларида кўп йиллар давомида етишмай келаётган педагог ва тарбиячилар ўрнини тўлдириш, инновацион муҳитни шакллантириш, ривожланган хорижий мамлакатларнинг етакчи олий таълим муассасалари билан узоқ муддатли муносабатларни янада ривожлантириш мақсадида ташкил этилаётганлиги билан аҳамиятлидир.


Шоназар Ғайбуллаев-Ғиждувон туман ҳокими ўриннбосари, ЎзЛиДеП фаоли 2018-07-04 16:15:19

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тошкент шаҳрида Пучон университетини ташкил этиш тўғрисида”ги қарори айни вақтда қабул қилинган қарор бўлди. Чунки ҳозирги кунда таълим тизимидаги ислоҳотларни янада самарали боришида бизга юқори малакали кадрларга бўлган эҳтиёж сезилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+