Migrantlar huquqlari to‘la himoya qilinadi

10.07.2018, 17:17

Ilyos Azizov
Ilyos Azizov

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2018 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga quyidagi huquqlar berildi:

– tegishli litsenziya asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish;

– akkreditatsiya asosida, ishlash uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining malakasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish.

Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma xorijda ishlash paytida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

2018 yil 1 avgustdan:

– xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlash uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;

– xorijda ishlayotgan fuqarolar Pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini to‘lagan taqdirda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajiga qo‘shiladi.

Umuman olganda, mamlakatimizda mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari tashbbusi bilan qabul qilingan mazkur qaror tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etishni kengaytirish kabi masalalarni huquqiy tartibga soldi.


  • Ko'rildi
    1420
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-05 17:48:41

Юртбошимиз Шавкат Миромоновични ташббуси билан қабул қилинган мазкур қарор ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштириш, унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтириш, меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун давлатимиз ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлаш ва шу каби бир катор масалаларни ҳуқуқий тартибга солди.


Fikringizni qoldiring

+