Prezidentimizning farmoni meva-sabzavotchilikni yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi

30.03.2018, 09:48

Prezidentimizning farmoni meva-sabzavotchilikni yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga, meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining qabul qilinishi ushbu sohani yanada ravnaq topishida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Xususan, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish yerdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish imkoniyatilarini yaratish borasidagi islohotlar tadbirkorlar uchun ayni muddao bo‘lda. Bu esa o‘z navbatida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, eksport qilish hajimini ortishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu orqali  biz tadbirkorlar o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirib,  yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

2017 yili 12 nafar ishchi xodim bilan o‘z  faoliyatimizni yo‘lga qo‘yganmiz. Asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va quritish bilan shug‘ullanamiz. O‘tgan yili faqat ichki bozor uchun maxsulot yetkazib bergan bo‘lsak, joriy yildan boshlab mahsulotlarimizni eksport qilishni ham yo‘lga qo‘ydik. Shu kunga qadar 50 ming AQSh dollari miqdorida o‘z mahsulotimizni xorijga eksport qilishga erishdik.

Mazkur farmonda belgilangan imkoniyatlardan faydalanib  faoliyatimiz uchun zarur bo‘ladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘zimiz yetishtirishni rejalashtiryapmiz. Bu orqali albatta yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bir qatorda,  mahsulotimizni sifatini yaxshilashga,  eksport hajmini yanada oshirishga, eng muhimi mablag‘imizni tejashga erishamiz.

Jahongir INAMOV,

O‘zLiDeP faoli, Namangan shahridagi

“Nat eco impex” MChJ rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1988
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Sherzod2018-10-05 21:21:28

Men Qarshi shaxridanman.O.T.T tadbirkorman shaxar xokimi tusqinlik qilmoqda J.Fozilov.


Fikringizni qoldiring

+