“Ruxsatnoma olish uchun Toshkentga borishimiz shart emas”, deyishmoqda jizzaxlik tadbirkorlar

12.04.2018, 09:31

“Ruxsatnoma olish uchun Toshkentga borishimiz shart emas”, deyishmoqda jizzaxlik tadbirkorlar

Litsenziya olish uchun uzoq yo‘l bosib, Toshkentga borishimga to‘g‘ri kelardi. Bundan tashqari, payvandlash ishidagi yigitlar ham men bilan birgalikda  ikki uch kun sarson –sargardon bo‘lar edi. Prezidentimizning litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalshtirish haqidagi farmoni men kabi tadbirkorlarni ana shunday ovvaragarchilikdan xalos etdi.

Darhaqiqat, Prezidentimizning kuni kecha e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni  tadbirkorlarning ishini ancha yengillashtirdi.

Biz tadbirkorlik faoliyatimizda bir qancha turdagi  umrini o‘tab bo‘lgan ko‘p miqdordagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari, ayrim vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda qiynalar edik. Ma’muriy tartib-taomillarning cho‘zilishi biz uchun ortiqcha xarajatlarni talab qilardi. Prezidentimizning mazkur farmoni bilan litsenziya va ruxsatnomalarning qisqartirilayotgani va soddalashtirilayotgani,  Respublika doirasidagi idoralardan hududiy davlat organlariga o‘tayotgani biz uchun ayni muddao. Bu g‘ayratimizga-g‘ayrat shijoatimizga-shijoat qo‘shadi.

G‘ayrat BEKMURODOV,

O‘zLiDeP faoli,

Jizzax “Quvurqurilishservis” XK rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+