Prezidentimiz “Bek klaster” ilmiy-amaliy markazi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi

14.04.2018, 09:39

Prezidentimiz “Bek klaster” ilmiy-amaliy markazi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.  Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi davomida xalq bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, yangi loyihalar taqdimotlari chog‘ida bildirgan fikrlari, hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan tavsiyalari odamlar qalbida daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirib, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamladi. Chunki Yurtboshimizning Sirdaryoga tashrifi chog‘ida hech bir masala e’tibordan chetda qolmadi.

Davlatimiz rahbari 2017 yilda viloyatimizga tashrifi chog‘ida “Bek klaster” korxonasini tashkil etish loyihasi bilan tanishgan edi. Ushbu loyiha ma’qullanib, yurtboshimizning tegishli qarori qabul qilingan edi. Qisqa vaqt ichida 18 ming gektar maydonda korxona tashkil etildi. Ushbu yerda paxta, g‘alla va boshqa donli ekinlar parvarishlanmoqda. 

Yurtboshimiz bu galgi tashrifi  davomida mazkur topshiriqlar ijrosi bilan tanish maqsadida korxonamizga tashrif buyurib, issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, meva-sabzavotchilik bo‘yicha mutaxassis tayyorlash, klaster qoshida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.  Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ilmiy asosda yetishtirish va saqlash, xaridor topish zarurligini ta’kidladi. 

Prezidentimiz qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashmay qo‘yganimiz sababli, ayrim ekinlardan kutilgan hosil ololmayotganligimizni e’tirof etdi va bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida korxonamiz qoshida ish boshlaydigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Ochig‘i davlat rahbarining korxonamizga kelib, biz bilan yaqindan muloqot qilgani, faoliyatimizni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergani, ayniqsa, bizga bildiryotgan katta ishonch zimmamizdagi mas’uliyatni ikki karra oshirdi. Endi belni mahkam bog‘lab, belgilangan vazifalar ijrosini bajarishga bor kuch iqtidorimizni sarflashimiz kerak.   

Ulug‘bek SOTIBOLDIYEV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi,

“Bek klaster” MChJ direktori

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1892
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Илёс Насимов2019-03-13 18:48:36

Махаллий Кенгаш депутлари фаол ишлашмокда. Барча партия фаоллари ва депутатларига улакан матонат тилайман.


Раҳмонова Садоқат2019-01-25 17:04:47

Партия фаоллари томонидан амалга оширилаётган ишлар тақсинга лойиқ. Ишларга омад Жасурбек!


Muhammadjonova Durdona2018-12-01 11:18:04

Partiya xodimlari va deputatlar tomonidan yoshlarga bo'lgan e'tibor shahsan meni ruhlantirdi. Yosh tadbirkorga kredit olishida ko'maklashilgani amaliy ishlarning yaqqol misoli sifatida e'tirof etish lozim.


Артиков Музаффар 2018-11-29 18:29:52

O‘zLiDeP фаоллари ва депутатлари ахоли билан юзма-юз мулоқот қилишлари, ахолини муаммоларини ўрганишлари ва тадбиркорларга ёрдам беришлари тақсинга сазовор мен партия фаоли сифатида бундай мулоқатларни кўпроқ бўлиши тарафдориман.


Шахноза Насритдинова2018-11-29 18:23:18

Ташкил этилаётган сайёр қабуллар натижасида ахолини қийнаб келаётган бир қатор муаммоли масаллар ўз ечимини топишига сабаб бўлмоқда. Партия туман Кенгаши ходимларига зафарлар тилаб қоламиз.


М.Исмоилова2018-11-29 14:10:10

Партия сафига янги қабул қилиндим. Партиямиз тўрисида бир қанча маълумотларни олиш мақсадида сайтга кириб танишиб чиқдим. Партия ходимлари ва депутатлар томонидан жойларда ташкил этилаётган тадбирларни кўриб очиғи бу партия аъзоси бўлганимдан фахирландим. Партиямиз фаоллари қаторида бўлишни истадим.


Фазлиддин Абдурашидович2018-11-29 13:47:41

Партиямиз вакиллари амалга оширилаётган ишлар замирида халқ манфаати турибди. Омад.


Гайрат Ибрагимов2018-11-25 11:50:27

Туман депутатлари фаол ишлашмокда бунда туман кенгашининг урни ва роли катта деб уйлаймиз. Ишларига муваффакият.


Шухрат Ботиров 2018-11-25 03:02:17

Жойларда ташкил этилаетган очик мулокотларда депутатларнинг хиссалалри катта деб уйлайман


пулатова гулчехра2018-11-25 03:01:18

Olmazor tuman Kengashi olib borayotgan ishlar taqsimga loyiq. Mening fikrimga deputatlarimiz axilligini taminlagan tuman kengashi xodimlari boladi. OAV lari gazeta saytlar orqali tumanda olib borilayotgan ishlarni kuzatib kelmoqdamiz. Kengash xafta bir tadbir otkazip qogan kunlarini qogozvozlik bn otkazmasdan xar bir kunidan unimli foydalangan xolda xalqimiz ichida yurishibdi. Misol qladigan bolsak kuni kecha OzMUda otkazilgan tadbir. Birgina tadbir davomida yoshlarning siyosiy bilimini oshirgan xolda ularni qiziqtirgan savollarga kerakli barcha mutasaddi tashkilot xodimlaridan javob olindi. shuni takidlash joyizki birgina tadbirda partiyamizga 150 nafar talaba a'zo boldi. Bu shuni anglatadiki talabalarga togri va kerakli tushuncha berilgan


Fikringizni qoldiring

+