O‘zbekiston-Turkmaniston: strategik sheriklikning yangi bosqichi

23.04.2018, 16:52

O‘zbekiston-Turkmaniston: strategik sheriklikning yangi bosqichi

Xabaringiz bor, ayni paytda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

O‘zaro muloqotlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, tashrif doirasida ikki mamlakat yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 

Albatta savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida so‘z ketganda, bu boradagi hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi ko‘rinadi. Chunki, O‘zbekistonda ham Turkmanistonda ham energiya manbalarining yirik konlari mavjud ekanini, neft-gaz sanoati jadal rivojlanib, xorijiy sarmoyadorlar bilan sheriklik aloqalari ko‘lami kengayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur tashrif bu borada yangi ufqlarni ochishiga shubha yo‘q.

Qolaversa, har ikki mamlakat uglevodorod resurslariga boy hisoblanadi. Ularni eksport qilish hamjihatlikda harakat qilishni talab etadi. Ana shunday yaqin hamkorlik mamlakatlarimiz uchun energetika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va jahon bozorlariga chiqish borasida keng imkoniyatlar yaratadi. Bu loyihalar to‘g‘risida gap ketganda, yiliga 25 milliard kub metr gaz o‘tkazadigan Turkmaniston – O‘zbekiston –Qozog‘iston – Xitoy quvurini alohida ta’kidlash joiz. Bunday loyihalar negizida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va gumanitar manfaatlar ham mujassam, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Negaki, quvur tevaragida infratuzilma barpo etilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Asosiysi,  mazkur quvurlar mamlakatlarimizning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida xorijiy davlatga ilk tashrifini 2017 yil mart oyida Turkmanistonga amalga oshirganini yaxshi bilamiz. O‘shanda ikki mamlakat rahbarlari hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytirish, hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini rivojlantirishga kelishib olgan edilar. Shundan so‘ng ko‘plab sohalar qatori turizm bo‘yicha aloqalar ham yangi bosqichga chiqdi, desak adashmaymiz. Ikki tomonlama sayyoh almashuvini rivojlantirish, boshqa davlatlardan sayyoh jalb etishni oshirish bo‘yicha hamkorlik borgan sari mustahkamlanib bormoqda. Ayni paytda Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan  bitimlar juda yaxshi samara berayapti. Hisob-kitoblarga qaraganda, birgina o‘tgan yili Xorazmga to‘rt mingdan ziyod turkmanistonlik sayyohlar tashrif buyurgani bu boradagi fikrimiz naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.

Bugun 23 aprel kuni ikki mamlakat rahbarlarining chegaradosh Xorazm viloyatiga tashrifi kutilmoqda. Ishonchimiz komilki, ushbu tashrif nafaqat ushbu ikki viloyat balki boshqa hududlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tarixiy tashrif va unda ko‘rib chiqiladigan masalalar partiyamiz uchun ham nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida partiya xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv va jahon bozorlarida mahalliy mahsulotlar ulushini  kengaytirish uchun maqbul sharoitlarni yaratish tarafdoridir. Eksportni oshirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini ta’minlash iqtisodiy sohadagi dasturimizning eng muhim qismi hisoblanadi. Shu ma’noda biz ikki mamlakat o‘rtasida muntazamlik kasb etib borayotgan oliy darajadagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ko‘pchilikka yaxshi ma’lum, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida O‘zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan edi. Turkmaniston Prezidentining mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini amaliy tasdig‘i, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Turkmaniston Prezidentining yurtimizga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichini boshlab bergan tashrif sifatida tarix sahifalariga muhrlanadi.

Gavharoy TO‘XTASINOVA,

Xalq deputatlari Bektemir tuman

Kengashi deputati

***

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning 2018 yil 23-24 aprel kunlari yurtimizga qilgan tashrifi zamonaviy davlatchiligimiz tarixida kuzatilgan eng muhim voqealardan biri bo‘ldi.

 Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy – gumanitar, ma’naviy, ayniqsa iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 17 ta shartnomalarning imzolanishi bevosita Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Shovot tumanidagi tadbirkorlarni ham behad quvontirdi. Negaki, ayni paytda tumanimizda yiliga 200 ming juft charm-poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan fabrika qurilishi davom etmoqda.

Korxonamiz joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilgan. Albatta, har bir tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishni istaydi. Bu uning eng katta orzularidan biri desam adashmagan bo‘laman.

Shu bois, biz uchun eng yaqin tashqi bozor Turkmaniston bilan iqtisodiy munosabatlarning keng yo‘lga qo‘yilishi hamda ikki mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganidan benihoya mamnun bo‘ldim. Ana shu islohotlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimizga ming rahmat!

 Sultonboy OChILOV

“Shoxjaxon Shahnoza” oilaviy

korxonasi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1599
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Танирбергенов Байрамбай Аскербаевич O’zLiDeP Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши Бошланғич партия ташкилотлари билан ишлаш гуруҳи раҳбари2018-05-15 12:09:05

Қўшни давлатлари билан стратергик шериклик ҳар томонлама ўзи оқлашига шак-шубҳа йўқ. Шунки бу ҳамкорлик давомида сиёсий, савдо-иқтисодий, инвестициявий, транспорт-коммуникация, таълим ва спорт соҳаларида икки томонлама ҳамкорликни янада мустаҳкамлашга қаратилган билан аҳамиятлидир.


Даврон Темиров. Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-01 18:22:35

Ўзбекистон ва Турманистон халқлари азалдан ёнма-ён , ахил ва тотув яшаб ,дўстликни улуғлаб келишмоқда. Давлат раҳбарларининг яхши қўшничилик муносабатлари доирасида олиб бораётган оқилона сиёсатлари ўзаро ҳамкорликни юксак чўқиларга олиб чиқмоқда.Бу эса ота-боболари бир дарёдан сув ичган, тарихий илдизлари туташиб кетган халқларимиз ўртасидаги муносабатларни янада мустаҳкамлашда мухим аҳамият касб этаётир.


Бабаев Абдулкасим УзЛиДеП Мискин Аккамиш О.Ф.й БПТ райиси2018-04-28 13:06:36

Турткул ва элликала туманларида азалдан Туркманистон Билан куда анда булиб борди келди килиб яшаб юрган Туркман халки учун Газ-ачак пост чегарасидан бир ой утиб кайтишга имконият берилишини фкир яни таклиф киламан


Холмирзаев Алишер, Халқ депутатлари Дехконобод туман Кенгаши депутати номидан 2018-04-28 09:25:54

23-24 апрел кунлари Мамлакатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов Ўзбекистонда бўлиб ўтди иккала мамлакат ўртасида бир неча битимлар имзоланиб келгусида мамлакатларимиз ўртасида биринчи навбатда дўстлик савдо иқтисодий фаолият йулга кўйилиб мамлакатимизни дунёга чиқишига катта имкониятлар беради қолаверса мазкур дустлик ортидан келажакда Орол денгизи муаммоси хам хал этилиши иккала малакат тадбиркорлари хам бу учрашувдан мамнунлиги ўзаро товар айирбошлаш кенг йулга кўйилишидан дарак Туркманистон Президенти Мамлакатимиз рахбарини бундай яратиб бераётган имкониятидан партиямиз тарфдорлари тадбиркор фермерларимиз, ишбилармонларимиз унумли фойдаланиши керак деб хисоблайман. Ҳамкорлик ва яхши қўшничилигимиз абадий бўлсин.


Бобомурод Болтаев, Халқ депутатлари Дехконобод туман Кенгаши депутати номидан 2018-04-28 09:25:00

Қўшни давлатлар билан яқин муносабатта бўлиш албатта икки мамлакат учун ҳам ҳар томонлама фойдали ҳисобланади. 23-24 апрел кунлари Муҳтарам Президентимиз ўзининг биринчи давлат ташрифини Туркманистон Республикасидан бошлаган эди. Сабаби асарлар давомида бир дарёдан сув ичган икки халқ ўртасида жуда катта алоқалар ўрнатилган. Ушбу ташриф давомида эришилаётган мақсадлар негизида партитямиз электоратлари манфатлари йўлида хизмат қилишга биз ҳам умид қилиб қоламиз ва ўз муносабатимизи билдиришимиш керак деб хисоблайман. Ўзбекистон хам Туркманистон, Авғонистон, Покистон ва Хиндистон хамкорлиги ташкилоти билан хамкорлик қилишга келишилди.Икки давлат ўртасидаги хамкорликка бундан кейин хам барқарор ривожланишига тилакдошмиз.


Рустам Тулаганов - ЎзЛиДеП Дехконобод туман Кенгаши Раиси биринчи ўринбосари, Апарат рахбари 2018-04-28 09:23:40

Мамлакатимиз раҳба ри Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан 23-24 апрел кунлари Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов Ўзбекистонда бўлиб ўтди иккала мамлакат ўртасида бир неча битимлар имзоланиб келгусида мамлакатларимиз ўртасида биринчи навбатда дустлик савдо иқтисодий фаолият йулга куйилиб мамлакатимизни дунёга чиқишига катта имкониятлар бермокда қолаверса мазкур дустлик ортидан келажакда Орол денгизи муаммоси хам хал этилса ажаб эмас.Иккала малакат тадбиркорлари хам бу учрашувдан мамнунлиги ўзаро товар айирбошлаш кенг йулга куйилишидан дарак .Мамлакатимиз рахбарини бундай яратиб бераётган имкониятидан партиямиз тарфдорлари тадбиркор фермерларимиз,ишбилармонларимиз унумли фойдаланиши зарур. Бизнинг шаҳримиз саноатлашган шаҳар хисобланганлиги сабаб муҳтарам юрбошимиз томонидан амалга оширилган ва имзолаган битимлар ўз натижасида беради ва шаҳримиз ривожига ўз хиссасини қўшади деган умиддамиз. Биз хам ушбу характларни доимо қўллаб қувватлаймиз.


Дўсмуродов Хусан2018-04-28 09:03:53

Туркманистон президентини ташрифи икки мамлакат ўртасида савдо-иқтисодий, транспорт-камуникация, таълим ва спорт сохаларида жадал ривожланиш ва ўзаро хамкорликнинг янада кенгайишига хизмат қилади.


O`zLiDeP Сариосиё туман Кенгаши Кўлоб БПТ раиси Ўктам.Дониев2018-04-27 19:34:18

Берилаётган 7% кредит чекка кишлок ва овулларга яшаётган ахолимизни янада тадбиркорликга кизикишини кундан кунга ошириб бормокда


O`zLiDeP Сариосиё туман Кенгаши Мохларойим БПТ раиси Максуда Зарипова2018-04-27 18:50:35

"Обод кишлок" лойихаси худудларимизни ривожланишини ва халкимизни фаравон яшашаши учун кўйилган катта кадам деб ўйлайман


O`zLiDeP Сариосиё туман Кенгаши аппарат рахбари Умиджон Худойкулов2018-04-27 18:41:03

Албатта савдо,иктисодий хамкорлик хакида суз кетар экан бу борадаги хамкорлик икки томон учун хам манфатлидир


Fikringizni qoldiring

+