Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiya qishloq xo‘jaligi rivojida yangi davrni boshlab beradi

08.05.2018, 18:01

Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiya qishloq xo‘jaligi rivojida yangi davrni boshlab beradi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tom manoda malakatimizda oziq-oqvat xavfsizligini ta’minlash, nazorat qilish bu boradagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Qaror asosida 2018 yil 1 avgustdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat markazi” davlat korxonasi tugatilib, ularning o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyalari tashkil qilindi. Qaror ijrosiga muvofiq, inspeksiya tugatilayotgan korxonalarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Ushbu huquqiy hujjat asosida tugatilgan oltita yirik tashkilot va  muassasalar vazifalari bir tashkilot zimmasiga yuklanishi sohada ish samaradorligining oshishga va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bosh prokuratura huzurida tashkil etilayotgan inspeksiyaning asosiy vazifalari etib qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi holati, paxta va don ekinlarining urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Alisher RO‘ZIYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati

Kengashi raisi v.v.b

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    8489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Sarvarbek2019-10-05 20:45:34

Agrar universiteti andijon filialida oquyman zavushniy osimliklarni ximoya qilish shu soxada ish bormi


Dastonbek2019-07-29 09:52:23

Assalomu alikum men qozog'istoning chimkent shahrida M.Avezov nomli unversetitining agranomya fakultetida землустройство yonalishida zavshni bolib taxsil olib kelmoqdaman endilikda shu o'qishimni Uzbekistonda davom etirmoqchiman yani perevod qilmoqchiman shu bo'yich menga aniq maslaxatinggiz kerak iltimos bu men uchun zarur oldindan raxmat.


Zohidjon2019-02-23 11:47:40

Men Toshkent tuqimachilik va yengil sanoat instituti tamomlaganman .tugri keladimi


Axrorjon2019-01-28 19:35:31

Farg'ona Davlat Unversiteti tuproqshunoslik yonalishinini 2017 yilda tamomlaganman.mutaxasisligim boyicha ish bormi +998941315778


Nilufar2019-01-08 11:21:04

Albatta, qishloq xo'jaligidagi ko'pgina islohotlar qatorida bu yangi inspeksiyaning tashkil etilganligi juda ham o'rinlidir. Chunki, O'zbekistondagi 80% aholi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa aksariyat aholi qishloq xo'jaligida mehnat faoliyatini yuritishini anglatadi.Shunday ekan, bu sohani tubdan isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday islohotlar va sohaga bo'lgan e'tibor uchun avvalo yurtboshimizga, qolaversa soha yetakchi mutaxassislariga kattakon rahmat. Sohaning bundan keyingi rivojiga muvafaqqiyat tilab qolaman. Men Toshkent davlat Agrar Universiteti " O'rmon xo'jaligi va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" yo'nalishi IV - bosqich talabasiman. Ushbu sohada ishlab, faoliyat yuritish uchun ta'lim mutaxassisligim to'g'ri keladimi?


To'lqin2019-01-04 02:17:05

Men tarix fakultitini bitiruvchisiman. Bu soxa o'tadimi. Agar o'tsa dakumentlarni qayirga topshiraman. Oldindan raxmat


Zuhro 2018-12-20 22:47:55

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Zuhro 2018-12-20 22:47:54

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Сайдулло2018-12-17 20:47:55

Албатта ушбу карор Кишлок хужалигини ривожлантиришга хамда халкимизни сифатли , хавфсиз озик овкат махсулотлари билан таьминлашга куйилган кадам.Айникса Кишлок хужалигининг" уругчилик "сохасидаги корупцион холатларнинг олдини олади деган умиддаман.


Navrozbek2018-12-07 17:19:21

Men Andijon qishloq xojaligi menejment fakjlteti menejment talim yonalishini 2018 yil tamomladim men 5oydan beri inspeksiyaga xujjat topshirdim aniq bir gap aytmayapti meni soxam tushadimi menga yordam berishizi soreyman 932542004


Fikringizni qoldiring

+