Advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi

16.05.2018, 10:06

Advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi

Davlatimiz rahbari o‘z saylovoldi dasturining ikkinchi bo‘limida “Odil sudlovni ta’minlashda taraflar tengligi prinsipini to‘liq ishlatish uchun advakatura sohasini isloh qilish, sud, tergov jarayonlarida advokatning vakolatlarnini kengaytirish va rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi”ni qayd etib o‘tgandilar.

Albatta,  o‘tgan davrda saylovoldi dasturida ta’kidlangan advakatura sohasini isloh qilish, sud, tergov jarayonlarida advokatning vakolatlarnini kengaytirish va rolini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganilgan, tahlil etilgan. Natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Advakatura institutlari samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonda advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan surishtiruv va tergov organlarining ayrim xodimlari tomonidan advokatlar o‘zlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga ko‘ra to‘sqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishning amaldagi mexanizmlari advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni ta’minlamayotganligi kabi 7 ta asosiy omillar ko‘rsatib o‘tilgan.

Advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik omillarni bartaraf etish maqsadida advokatlarga 2018 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi huquqlar, imtiyozlar va vakolatlar berildi:

- advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi, advokat tomonlardan birining vakili bo‘lgan holatlar bundan mustasno;

- advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi;

- litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi;

- sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qiladi;

- faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha qayta attestatsiyadan va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi;

- advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaati bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi;

- advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.

- advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart;

- advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak;

- advokatlarning malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun so‘rovlari so‘rov qabul qilingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno;

- advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi;

- advokat so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar;

- advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shart;

- Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqiga ega. Advokatlarga nisbatan intizomiy ish yurituvi faqat tegishli malaka komissiyalari yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atilishi mumkin.

Endilikda tijorat tashkilotlari yuridik maslahat xizmatlarini litsenziya olmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. Shuningdek, ushbu farmon bilan advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Advokatlar palatasiga esa quyidagi huquq va vakolarlar berildi:

- zamonaviy talablar, mazkur Farmonning maqsad va vazifalariga muvofiq advokatura faoliyatining kafolatlarini amalda ta’minlash, advokatlik tuzilmalari va advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratgan holda o‘z ishini qayta yo‘naltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;

- Advokatlar palatasi huzurida malakali yuridik yordam ko‘rsatish standartlari va boshqa advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qo‘llash bo‘yicha Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiy bo‘lgan tushuntirishlar berish, shuningdek, advokatlik faoliyatining yuksak standartlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradigan Etika komissiyasini tuzish;

- advokatura tizimida ish stajiga ko‘ra malaka komissiyalarining xulosalari asosida Advokatlar palatasi raisi tomonidan beriladigan advokatlarning malaka darajalarini ta’sis etish;

- Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati shaffofligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;

- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlik tuzilmani avtomatik ravishda belgilovchi, bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning bu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan yangilangan tartib va mezonlarni belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda advokatlik maqomini olish uchun malaka imtihoni jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni onlayn tartibda topshirish imkoniyatidan foydalanish, ularning ro‘yxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida translyatsiya qiladi. Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatishni (pro bono) rivojlantirai.

Advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid amaliyotni o‘rganish va umumlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda jinoiy va ma’muriy ish yuritish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda jismoniy va yuridik shaxslar himoyaga bo‘lgan huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘riladi. Advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqsin hamda jismoniy va yuridik shaxslarning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar kiritib boriladi.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Farmonda belgilab berilgan advokaturani odamlar ishonchini qozongan, ularning huquqni himoya qiluvchi institutga aylatirish hamda advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni bartaraf asosiy yo‘nalish va vazifalar albatta avvalo inson huquq va erkinliklarini hamda manfa’tlarini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiladi.

Ushbu Farmon esa, tom ma’noda advokatura institutini amalda odamlar ishonchini qozonadigan, ular huquqni himoya qiluvchi institutga aylanatirishga xizmat qiladigan tarixiy  hujjatdir.

Nuriddin Murodov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengash

Ijroiya qo‘mitasi kotibiyat mudiri,

guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2787
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Alisher2020-12-14 12:08:08

Advakat ishimni bajarmayapti kimga murojot qilaman


Alisher2020-12-14 12:06:53

Bir ish yuzasidan Advakat ishimni bitkarmadi pullimni oldi Endi kimga murojot qilsam boladi


Хасан2019-12-02 16:00:05

адвокат ўз профессионал фаолиятини амалга ошириши учун, Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексининг 19-моддасига қатъий риоя этган ҳолда, суд биносига компьютер, мобиль ва бошқа алоқа воситаларини монеликсиз олиб кириш ҳуқуқига эга, ёпиқ суд мажлислари бундан мустасно. Бунда қайд этилган қурилмалардан суд биноси ичкарисида фойдаланиш суд жараёнини ўтказиш тартибини бузмаслиги керак деб ОАВда халкка маълум килинган, лекин аслида ундай эмас, фақат суд мажлисида раислик килувчининг розилиги билан бу иш амалга оширилади, адвокатнинг хам, суд иштирокчиларининг хам илтимослари эътиборга олинмайди. Суд жараёнида суд мажлисига раислик қилувчи мазкур кодексда "Суд залида овозларни ёзиб олиш, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олишга фақат суд мажлисида раислик қилувчининг рухсати билан йўл қўйилади, бу ҳақда тегишли ажрим чиқарилади" деб кўрсатиб утилганини маълум қилади ва суд залида овозларни ёзиб олишга, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олишга рухсат бермайди. Шу сабабли халқни "алдамаслик" ва халқ олдида адвокатларни обрўйини тўкмаслик учун ЖПКда "суд залида овозларни ёзиб олиш, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олиш фақат суд мажлиси раисининг рухсати билан амалга оширилади,бу ҳақда тегишли ажрим чиқарилади " деган сўзни қолдириш керак ва бошқа сўзларни олиб ташлаш лозим. Адвокат хоҳлаган вақтда суд биносига компьютер, мобиль ва бошқа алоқа воситаларини монеликсиз олиб кириш ҳуқуқига эга эмас, бунга суд, прокуратура, ички ишлар ва бошқа органлар рухсат бермайди. Буни амалиётда ҳамма кўриб, билиб турибди, лекин оддий халқ(фуқаро), ёки судга "иши" тушмаган оддий фуқаро буни билмайди, оддий халқ(фуқаролар) адвокатларни ўз ҳуқуқ ва ваколатларини билмасликда ҳамда амалга ошира олмасликда айблашади, уларни ноўрин обрўсизлантиришади, адвокатга кенг ваколат берилгани фақат "қоғозда" эканини билишмайди. Ҳаммамиз халқ форовонлиги ва яхши турмуш кечириш учун хизмат қиламиз, келинглар, халқни(ўзимизни) алдамайлик!


Абдуллаев Турсунали2019-05-08 17:45:31

Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни амалга оширилаётган бир вақтда, Хорижий инвесторларни жалп қилиш учун бир қатор ишлар амалга оширилаётган вақтда олдин уларнинг қонун манфаатларини ҳимоя қилиб уларга хар бир инвесторга адвакатларни бириктириш хам мақсадга мувофиқ деб уйлайман. Қолаверса харижий сармоёдорларнинг ишончи янада купроқ буларди.


Гульсара2018-05-18 18:01:21

Хорижий сармоядорлар хукукларини химоя килишга кодир Халкаро бизнес адвокатураларида фаолият юритишга кодир адвокат кадрлар тайерлаш тизимини яратиш ва махсус Марказлар фаолиятини ташкил килиш керак. Узбекистон иктисодиетини ривожлантиришда бу катта ахамият касб этади.


Матназаров Азизбек O`zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши ходими2018-05-18 09:37:29

Мамлакатимиз демократик ислоҳотларни амалга ошириб, инсон манфаатларини ҳимоя қилишнинг пойдевор асосини яратаётган бир пайтда адвокатлар фаолияти, масъуллиги муҳим аҳамиятга эга.


Даврон Темиров Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-17 11:38:46

Ушбу фармон одил судловни таъминлаш, адвокатлар обрўсини ошириш ва жавобгарлик ҳиссини кучайтириш мақсадида қабул қилинганан. Лекин шунга қарамай адвокатларнинг тергов ва суд жараёнларида фаоллиги кўринмаяпти.Чунки айбсиз бўлган фуқарони тергов ва суд жараёнида унинг айбсизлигини исботлаб берибди деган гапларни эшитмаймиз ёки гувох бўлмаяпмиз.Шунинг учун кўпгина фуқаролар агар зарурат бўлмаса адвокат олишни кераксиз ҳисоблашади.Бу эса уларга берилган баҳодир.Шунинг учун улар ўз ишларини тубдан қайта кўриб чиқиб,олий мақсад инсон мафаати эканлигини доимо ҳис қилиб фаолият юритишса мақсадга мувофиқ бўларди.


Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-05-16 18:04:16

Инсон манфаатларига хизмат қилувчи, адолатлилик, халқпарварлик тамойилларига асосланган ушбу Фармон хақиқатдан хам демократик жамиятимизнинг янада ривожланишига хизмат қилишига ишонамиз.Зеро, Адолат қарор топган жамиятнинг эртаси истиқболлидир.


Fikringizni qoldiring

+