Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlar uchun qo‘yilgan yana bir cheklov olib tashlandi

30.05.2018, 18:04

Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlar uchun qo‘yilgan yana bir cheklov olib tashlandi

Joriy yilning 29 may kuni Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2018 yilning 1 iyulidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

Aytish joizki, bu boradagi cheklovlarning olib tashlanayotgani birinchi navbatda mazkur xizmatlar bozorining tezkor rivojlanishiga va qishloq xo‘jaligi yerlarining zarur texnika bilan keng qamrab olinishini ta’minlaydi.

Qolaversa, qarorda joriy yilning 1 noyabridan mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash bo‘yicha eksperiment o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 26 ta mashina-traktor parki tadbirkorlik sub’ektlariga sotiladi. Shuningdek, “O‘zagroservis” AJning 3 ta mashina-traktor parkini davlat unitar korxonalariga aylantirish ko‘zda tutilmoqda.

E’tiborlisi, tadbirkorlik sub’ektlarining mashina-traktor parklari faoliyatiga faol jalb etilayotgani, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qarorning yana bir ahamiyatga molik jihati Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga qishloq aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga jalb etish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, ularga o‘z faoliyatlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklandi.

Bilamiz, yuqorida tilga olingan har ikki tashkilot O‘zLiDePning yaqin hamkorlaridan sanaladi. Shu bois, qarorda ko‘zda tutilgan ushbu normani asosiy elektoratimiz hisoblangan tadbirkorlarga tushuntirish partiya tizimidagi barcha faollar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi, desak adashmaymiz. Zero, O‘zLiDeP dasturida alohida qayd etilganidek, partiya mamlakatimizning agrar sohadagi munosabatlarini takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Partiya qishloq xo‘jaligidagi muammolarni hal etmasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

Shuningdek, qarorda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun import qilinadigan ehtiyot qismlarni bevosita ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish tizimini joriy etish, o‘zaro manfaatli shartlar asosida O‘zbekiston Respublikasiga qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi ilg‘or ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish masalalariga ham alohida urg‘u berilgan. Bu amalda qishloq xo‘jalik texnikasi va uning ehtiyot qismlariga bo‘lgan narxlarni optimallashtirish, shuningdek, o‘zaro manfaatdorlik shartlari asosida mamlakatga yangi ilg‘or ishlab chiqaruvchilarni jalb qilishni ta’minlaydi.

Umuman olganda, ushbu qaror qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlari ko‘rsatishning yagona tizimini shakllanishiga olib keladi.

Rahmatulla Kamolov

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi raisi

  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Тошлок тумани "Сирожиддин Хасанбой Умид ери" ф/х БПТ аъзолари2018-06-07 11:56:03

Президентимизнинг “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларга механизация ва сервис хизматларини кўрсатиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори келажакда давлатимиз қишлоқ хўжалигининг тезкор ривожланишига ва мамлакат озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш имкони беришига ишонамиз


Эшмаматов Мансур ЎзЛиДеП Қизириқ туман Кенгаши депутати2018-06-07 10:25:50

Мазкур қарор орқали қишлоқ хўжалиги сохасидаги ишлар янада осонлашиб кўзда тутилган режалар ошиғи билан бажарилади.


Жумаев Илхом Қизириқ туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-07 10:24:58

Қарорда кўзда тутилган асосий эътибор бу ЯТТлар фаолияти ва ахолини иш билан таъминлашдир.


Дўсмуродов Хусан Қизириқ туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-06-07 10:21:07

Бу қарор орқали қишлоқ хўжалиги сохасини янада ислох қилиш ва давлат солиқ тушумларини оширилиши, ЯТТ лар самарадорлиги хам кўзда тутилган.


Бердикулова Момасулув Уроловна O'zLiDeP Чирокчи туман Кенгаши раиси2018-06-05 17:53:13

Ушбу карорга асосан 2018 йил 1 июлдан якка тартибдаги тадбиркорларга қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ишлаб чиқарувчиларга механизация ва сервис хизматлари кўрсатиш фаолиятини амалга оширишга рухсат берилганлиги тадбиркорлар учун катта имконият булди.


Сафаров Фаррух Қарши шаҳар2018-06-05 16:08:20

Ушбу қарор миришкор деҳқонларимиз ва тадбиркорларимизнинг кўплаб машаққатли меҳнатларида кўмак берди. Энди хосилларимиз ва махсулотларимиз ўз вақтида сифатли етиштирилади ва йиғиб олинади. Биз бундан жуда хурсандмиз.


Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти Кенгаши 2018-06-04 18:27:15

Мазкур қарор ҳам якка тартибдаги тадбиркорларга ҳам фермер хўжалиги. томорқа ер эгаларига қулайликлар яратди. Бунда тадбиркорларимизнинг хизмат кўрссатиш фаолиятини кенгайтирса, деҳқонларимизнинг иш унумдорлигига катта ҳисса қўшади. Ҳақиқатдан ҳам биз партия пфаоллари мазкур қарорнинг мазмун-моҳиятини электоратларимизга етказишимиз зарур


Абдурахмонов Азамат Остонақулович Сурхондарё вилояти Ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-06-04 16:14:18

“Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларга механизация ва сервис хизматларини кўрсатиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорида якка тартибдаги тадбиркорларга қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ишлаб чиқарувчиларга механизация ва сервис хизматлари кўрсатиш фаолиятини амалга оширишга рухсат берилиши бу-қишлоқ жойларда ҳам ЯТТларнинг ривожланиши орқали солиқларнинг тшуми яхшиланади. Жараёнда, ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишида қишлоқ ҳўжалиги соҳасининг иштироки яхшиланади.


Миришкор туман Гулистон мх БПТ раиси Рўзиева Жамила2018-06-04 08:29:48

Тадбиркорлар яратиб берилаётган имкониятлардан унумли фойдаланиши керак


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-06-01 18:21:38

Республикамизда қишлоқ хўжалигида олиб борилаётган самарали ишлар фермерларимиз ва шахсий томорқа эгалари учун муҳим қарордир.


Fikringizni qoldiring

+